Asosiy mavzular
9 yanvar 2022

Qozog‘iston bo‘ylab hibsga olishlar. Nima ma'lum?

Oqto‘ba

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ikki nafar shaxsni “ommaviy tartibsizliklar uyushtirish” aybi bilan hibsga oldi, to‘qqiz kishiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  7 yanvar kuni departamentning xabar berishicha,  366 kishi politsiyaga olib ketilgan,  ulardan 166 nafari komendantlik soati qoidalarini buzganlikda ayblangan.

Sharqiy Qozog‘iston viloyati

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi 5 yanvar kuni Ust-Kamenogorskdagi maydonga 3000 ga yaqin odam yig‘ilganini, tartibsizliklar natijasida viloyat hokimligi binosining bir qismiga zarar yetganini ma'lum qildi.

 «Oxirgi 24 soat ichida viloyatda 500ga yaqin odam hibsga olindi,  25 nafar politsiya xodimi yaralandi (shundan 20 nafari Semipalatinskda).  Tinch aholi orasida qurbonlar soni hali aniqlanmagan, halok bo‘lganlar yo‘q.  Ust-Kamenogorskda 13 nafar politsiya avtomashinalari shikastlangan, – deyiladi departamentda.

Chimkent

Shahar politsiyasining ma'lum qilishicha,  45 nafar politsiyachi yaralangan,  ulardan ikki nafari reanimatsiyada.

 «Hokimiyat binosi politsiya tomonidan qattiq qo‘riqlanmoqda.  Ayrim do‘konlar yopilgan, jamoat transporti ishlayotir, ko‘chalarda odam kam, aeroport va temir yo‘l vokzali ishlamoqda.  Ikki harbiy vertolyot shahar uzra aylanib yuripti.  .

Janubiy hududlar

 “Xabar 24”ning xabar berishicha,  Jambil viloyatida bir politsiyachi halok bo‘lgan,  yetti nafar poltsiya xodimi jarohat olgan,  92 kishi hibsga olingan.  6-yanvar holatiga ko‘ra,  Tarazda politsiyaning uchta binosi – viloyat boshqarmasi,  shahar hokimligi va 1-sonli ichki ishlar boshqarmasi yonib ketgan.

+++

Qozog‘istonda 5800 dan ortiq kishi hibsga olingan,  ular orasida xorijliklar ham bor. Olmaota viloyati qishloqlaridan birida 100 dan ortiq odam hibsga olingan.  Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlat fuqarolari qo‘lga olingan”,  — deyiladi IIV xabarida.

+++

Olmaotada ma'muriy binolarga hujum qilgan 70 dan ortiq jangari va 30 dan ortiq talonchilar qo‘lga olindi.  Bu haqda 7 yanvar kuni Olmaota politsiya departamenti ma'lum qildi.

+++

Qozog‘istonda namoyishlar boshlanganidan beri 164 kishi halok bo‘ldi,  ulardan uch nafari yosh bolalardir.

+++

Arman Dikiyni xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari  URAL-432009 «Ural-VV»  zirhli avtomobilida kelib ushlaganlar. Qozog‘iston xavfsizlik tizimidagi @EltuzTG manbasiga ko‘ra, Arman Dikiy Karim Masimov qamoqqa olingunga qadar uning topshiriqlarini bajargan. Biroq, KNB raisi hibsga olingani ortidan, Arman Dikiy ham ushlangan. Manbaga ko‘ra, Arman Dikiyni hozirda Nursulton Nazarboevning jiyani, KNB raisining birinchi muovini Samat Abish hibsdan chiqarib olishga harakat qilmoqda.

«Tez orada KNB provokatori bo‘lgan Arman Dikiy Dubayga chiqib ketsa ajablanmang» deya yozadi Eltuz telegram kanali sharhlovchisi.

Unga ko‘ra, Nursulton Nazarboevning jiyani Samat Abish Qozog‘iston KNB (DXQ) raisining birinchi muovini lavozimidan 5 yanvarda bo‘shatilgandi. Keyin go‘yoki hibsgayam olindi. Endi ma'lum bo‘ladiki, u o‘z vazifasiga qayta tiklanibdi. Shundaymi – ma'lum emas. Ammo Samat darajasidagi muzokarachiga ega bo‘lish, Elbasi qarindoshlarining mamlakatdan birato‘la chiqib ketgani inobatga olinsa, Nazarboev klani uchun judayam muhimdir.

+++

Elbasining eng ishonchli odami Karim Masimov To‘qaev buyrug‘i bilan KNB raisligidan bo‘shatildi. Kecha To‘qaev o‘ngida qo‘liga kishan solingunga qadar Masimov Xavfsizlik Kengashi majlislarida ishtirok etib kelayotgan edi. Masimov – judayam kuchli figura. Uning oldida, hattoki, To‘qaev ham ikkinchi darajali shaxsdir. Uning chetlatilishi amalda Nursulton Nazarboev tarafdorlarining muzokaralardagi pozitsiyasini judayam kuchsizlantirib qo‘yadi. Masimovning hibsga olinishi Nazarboev klanining no‘noqligini namoyon etadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Masimov bilan birga, To‘qaev topshiriqlariga bo‘ysunmaydigan, yana bir necha yuzta chekist qamoqqa olingan. Ularning aksari Elbasining sodiq odamlari edi.

+++

Olmaota aeroportida bugun Rossiyaning birato‘la 15 dona Il-76 harbiy-transporti bor edi. Aeroportning qachon ochilishi ma'lum emas. «Bu xuddi o‘zga sayyoraliklarning yerni bosib olishi haqidagi blokbaster filmlarga o‘xshaydi»  deya ta'riflaydi bu holatni Eltuz telegram kanali sharhlovchisi.

+++

Qozog‘iston aholining gaz narxlari ko‘tarilishiga qarshi noroziligidan boshlangan aksilhukumat namoyishlari ichida qolarkan, OpenDemocracy media platformasi qozoq elitasining G‘arb, xususan, Londondagi qimmatbaho ko‘chmas mulklariga e'tibor qaratdi.

+++

Tadqiqotchi jurnalist Tomas Roulining Opendemocracy.net saytidagi maqolasida yozishicha, Londonda Qozog‘iston hukmron elitasiga tegishli bo‘lgan 530 million funt sterlingga teng hashamatli mulk mavjud. Qozog‘istonlik milliarderlarning boyligi mamlakatdagi norozilik namoyishlari manzarasida ja'mi 3 milliard dollarga kamaydi, deb yozadi Azattyq Forbsga tayanib. Nashrning yozishicha,  Kaspi fintexkompaniyasining raisi va eng yirik hissadori Vyacheslav Kim aktsiyalar narxining 30 foizga tushishi natijasida 1, 4 milliard dollar yo‘qotgan. Shirkatning yana bir top-menejeri,  deb yozadi Forbs,  Mixail Lomtadze ham deyarli 1, 4 milliard yo‘qotdi va uning boyligi 5, 2 milliard dollardan 3, 8 milliard dollarga tushdi.

+++

Sobiq prezident Nazarboevning o‘rtancha qizi Dinara Qulibaeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev 6-yanvar kuni Halyk Bank aktsiyalari narxi 16 foizga tushib ketgani sababli 200 million yo‘qotdi.  Jurnal har birining kapitalini 3, 1 milliard dollarga baholagan. Albatta, boylar ham jilaydi. Jilaganda ho‘ngrab ho‘ngrab jilaydi. Yuragi o‘ynab, qon bosimi ko‘tarilib, qandga chalinib o‘ladi.  Lekin, dunyoni suv bossa, kambag‘alning to‘pig‘igayam chiqmapti. Bizning o‘zbek mehnat muhojirlari tartibsizliklar bahonasida nafaslarini rostlab olishadi, qishqi ta'tillarini olibolishadi.

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2020
Demokratiya hokim bo‘lgan davlatlarda irqchilik va antisemitizm (yahudiylarni yomon ko‘rish) qattiq qoralanadi. Qora tanlini «negr», lotinamerikalikni «latinos», yahudiyni «la'nati ...
12 dekabr 2019
Abduvali Qutbiddin umrining so‘nggi yillarida sal “buzilmoqchi”, maddohlik qilib ko‘rmoqchi ham bo‘ldi. Ammo ancha-muncha kechikkanini angladi chog‘i, “qiyshanglashga” astoydil ...
28 iyul 2017
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ...
15 fevral 2023
O‘rusiya shaharlaridan birinda bir qizaloq yashardi. Sochi sariq, ko‘zi ko‘m-ko‘k qizgina. Bir kuni shu qizning otasiga voenkomatdan povestka keldi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...