Asosiy mavzular
12 fevral 2022

Imperativ 43. Mosyo Test bilan suhbat

(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 43-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.)

MOSYo TEST BILAN SUHBAT

Hususan, Paul Valerining she'rning tabia- ti haqidagi fikrlari, «she'rni she'r qiladigan aqlmi yoki hissiyotmi mavzusidagi intellektual muhosabasi meni 70-yillardan beri mashg‘ul etib keldi.

Siz bilasiz, O‘zbek adabiyotini mezon qabul qilgan aksariy «arbobiy adabiyot» she'rni hara- katga keltiruvchi kuch – hissiyot deb hisoblaydi va bunga ko‘plab misollar keltiraoladi.

Yoshligidan boshlab she'r yozishni mashq qilgan, she'rni dunyoni tafakkur etish uchun vosita deb bilgan bir adabiyot ixlosmandi sifatida hamisha yozganim til (o‘zbek) adabiyotiga loyiq bo‘lishga, ot- gan odimimni bu adabiyot tashlayotgan odimga uyg‘un otishga intilganman. Ammo kishilik xarakterimda hissiyotning tashqariga urishiga, uning ifsho bo‘li- shiga qarshi shunday bir mexanizm qo‘yilgan ediki, uni bir paytlar hech yengolmaganimni e'tirof et- moqchi ham bo‘ldim. Ammo etmadim.

Chunki, ustida turganim sari mazkur fikr eriy- boshlagan va men pozitsiyamni shu erish nisbatida yo‘qota boshlagandim. Ya'ni, hissiyotni yashirish iste'dodimga bo‘lgan ishonch tobora «haqiqatan ham hissiyotimni yashirabildimmi» degan shubha- ga aylana boshlagandi.

Bugun she'riy o‘tmishimga nazar tashlarkan, hissiy portlashlarga naqadar kinoyali yondash- sam-da, arxivda «sof aql»ga qurilgan birorta she'riy matn topolmadim.

She'riy tafakkur jarayonida ILK TURTKIning hamisha avval hissiy, so‘ngra aql tarafidan mut- laqo nazoratga olinishga mahkum bir aktsiya bo‘l- ganligini ko‘rdim. Aynan shu g‘alati muvozanat she'rdagi sassiz hayqiriqni, sukutning musiqasi- ni hosil kiladi. Agar shu muvoznat bo‘lmasa edi, hayqiriq qo‘pol baqiriqqa aylanardi. Shu muvoza- natsiz sukunatda musiqa ham bo‘lmasdi.

O‘tgan yil   BiBiSi O‘zbek xizmati haqqimiz- da tayyorlagan 10 daqiqalik video-klipda zukko adib, birodarim Abdulhamid Ismoil «M. So- lihning she'rlari aql bilan yoziladi» debdi. Bir adabiyotchi oshnam telefon qilib, «bu – ki- noya» dedi. Men bunga husnizon bilan yondoshdim. Bunday baho o‘zbek adabiyotida (she'riyatida) musbat hisoblanmasligi mumkin, ammo adabiyot- ni inja san'at sifatida mushohada qilganlar uchun bu fikr haqorat ham emas. Bu nari borsa, muayyan bir she'riy rakursning sub'ektiv tasbi- tidir.

Bundan 35 yil avval Erkin Vohidov ham ka- minaning «Valfajr» kitobini tahlil qilarkan, samimiy maslahatlarini shunday ifoda etgandi:

«…Har bir tilning o‘z stixiyasi, o‘z ifoda hususi- yatlari bor. Boshqa tilda o‘ylab, boshqa tilda so‘y- lagan odamning fikrini anglash qiyin bo‘ladi. M. Solih bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rmog‘i kerak.“-She'ringizni tushuntirib bersangiz” (Ibrohim G‘afurov) deya qilingan murojaatda jon borga o‘x- shaydi. …Unga (M. Solihga) ba'zi istaklarimni aytmoqchiman. A. Voznesenskiy o‘zining yoshlikdagi she'rlaridan birida shunday yozgan: «Mne doroga v poezii svyataya prostota, no mchit menya po lezvii kuda-to ne tuda»…

Balki, Vohidov kinoya qilgan bo‘lishi mumkin, ammo men uning fikrlarini to‘g‘ri qabul qildim. M. Solihning boshqa tilda o‘ylab, boshqa tilda so‘ylagani to‘g‘ri. Chunki, bir shoirning tili ikkin- chi bir shoirning tilidan farqli bo‘ladi. Ikkisi ham o‘zbekcha yozsa-da, shunday BOShQA bo‘ladi.

«Muqaddas oddiylikka»(svyataya prostota) kel- sak, bu masala oddiy emas, bir oz murakkab. Bu masala «She'rda hissiyot ustunmi yoki aqlmi?» degan yuqorida teginganimiz muhosabaga borib taqaladi.

Shu nuqtada Paul Valerining «Mosyo Test» asa- ridan ushbu parchani oldim:

«Aslida, she'r har naqadar hissiy va hayajonli bo‘lsa-da, xususiy sarxushlikdan ayrilmasa-da, aqlning keskin malakalari bilan bog‘liq ekanini ko‘ra bilamiz». («She'r san'ati»)

Lekin «she'rda hissiyot» tarafdorlari ustun- ligiga sohib bir adabiy muhitning mardumi si- fatida kamina doim «hissiyotchi» va «oddiychi» bo‘lishga uringanman. G‘afurov, Vohidovlar qar- shisida she'rimning «aqlli» va «murakkab» ko‘ri- nishidan uyalganman. Aynan shu istihola sabab, matndagi tashbih (metofora) tizimini imkon bo- richa soddalashtirishga, hech kim «she'ringizni tu- shuntirib bering» demaydigan darajaga tushirish uchun g‘ayrat qilganman.

1980 yillarning o‘rtasiga kelib, tamoman «sod- da yozish ehtirosi»ga tutilganimni eslayman. Bu kompleks shu qadar chuqurlashdi-ki, she'rlarimga qarab, «o‘zbek adabiyotida mendan ham soddaroq (o‘zbekcharoq) yozadigan odam qoldimi ajabo», de- ydigan bo‘ldim.

Ammo Boris Pasternakning: «Nelzya ne vpast k kontsu, kak v yeres, v neslыxannuyu prostotu», degan satrlarini o‘qigan odam bu jarayonning mashaqqat- li bir bosqich ekanligini o‘ylamaydi. Bu bosqich o‘z-o‘zidan keladi, deb o‘ylaydi. Ayniqsa, Boris Pasternak kabi bir Shoir «Nelzya Ne Vpast» de- yayotgan bo‘lsa!.

Haqiqatan ham, Boris Pasternak «istasang

– istamasang ham, yosh o‘tgan sari soddalasha- san», deyapti bu she'rida. Ammo ayni paytda sodalashishni bir shakkoklikka («eres») qi- yoslamoqda. Xuddi (keksaligidagi) «soddalik»- ning ziddi bo‘lgan (yoshligidagi) «murakkablik» to‘g‘ri yo‘l sifatida ko‘rilayapti shoir tarafi- dan.

Bu bir tazod emasmi?

Bu yerda ikki sententsiya o‘rtaga chiqayapti: His- siyotga doim soddalik, aqlga esa murakkablik hamroh.

Bu yanglish.

Chunki, biologik mantiqqa binoan hissiyot yoshlikda kuchli, keksalikda emas. Demak, aql mah- suli deb ko‘rsatilayotgan «murakkablik», aslida, hissiyotning mahsuli. Hissiyot sodda bo‘lolmaydi, uni aql soddalashtirishi mumkin.

Boris Pasternakning yoshligida yozgan «Fevral» she'ri eng «murakkab-sodda» va eng «hissiy-aql- li» she'rlardan biri:

Fevral.

Dostat chernil i plakat!

Pisat o fevrale navzrыd,

Poka groxochuщaya slyakot

Vesnoyu chernoyu gorit.

Dostat proletku.

Za shest griven,

Chrez blagovest, chrez klik koles,

Perenestis tuda, gde liven

Yeщe shumney chernil i slez.

Gde, kak obuglennыe grushi,

S derevev tыsyachi grachey

Sorvutsya v luji i obrushat

Suxuyu grust na dno ochey.

Pod ney protalinы cherneyut,

I veter krikami izrыt,

I chem sluchayney, tem vernee

Slagayutsya stixi navzrыd.

Bu she'rni o‘zbekchaga tarjima qilish mumkin, ammo rus tilini bilgan kishi bunday she'rni faqat originalda o‘qiydi, chunki, eng yaxshi tarji- ma ham uning asl jozibasini, texnik aytganda, o‘sha «murakkab-soddalik va hissiy-aqllilik»- ning mo‘'jizaviy sintezini aslo beraolmaydi. Bu she'rdagi Metaforik Tizim – rasida bir qiz- ning bo‘yniga taqilgan qimmatbaxo inji kabidir. Bu asolatning suratidir.

Haqiqiy iste'dod she'rga uning asolatini be- radi. Agar she'rda mafkura bo‘lsa, bu mafkura uning asolatidir. Lekin o‘zbek adabiyoti arboblari bizga shunday tilak bildirgan: «Men M. Solihning qiyin, dard- li izlanishlar yo‘lidan jo‘nlik va murakkablik bosqichlarini o‘tib, she'riyat uchun tabarruk bo‘lgan, barcha nazm ahli uchun intilish cho‘qqisi bo‘lgan barkamol soddalik darajasiga ko‘tarilayotgani- dan quvonamanÈ (1985, Erkin Vohidov).

Arboblarimiz doim «murakkablik»ni «sodda- lik»ka zid qutblarda ko‘rganlar va bu tendentsiya, agar yanglishmasam, o‘zbek adabiyotida bugun ham gegemon maqomda…

(Davomi bor)

Muhammad Solih

Tag‘in o‘qing
13 sentyabr 2018
Andijon viloyatida ommaviy paxta yig‘im terimi hali boshlanmagan bo‘lsa-da, 10 sentyabr kuni byudjet ishchi-xizmatchilarining dastlabki guruhi 10 kunlik yotoqqa ...
21 aprel 2017
O‘zbek nashrlari barcha savdo sub'ektlarida kassa apparati joriy etilishi haqidagi prezident qarori ijrosi haqida yozarkan, tadbirkorlar va banklar o‘rtasidagi ...
29 aprel 2020
Hikoyani Absattorning o‘z tilidan eshitamiz. – Ko‘zimni ochsam, kimdir boshini parashaga egib o‘qchib -o‘qchib qusyapti. Qusiqlari ustimga sachradi. (So‘kinadi) ...
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol mollari olib kirishga xohlagan odamga ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...