Asosiy mavzular
17 aprel 2022

Imperativ 44. Ilhom haqida

(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 44-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.)

Paul Valeri amerikalik shoir va yozuvchi Edgar Allan Po qarashlariga jiddiy e'tibor qaratadi. Uning intellektual tahlilida bu tavajjuh bo‘r- tib ko‘rinadi. Valerining bu tavajjuhi «Mosyo Test» prototipi haqiqatan ham Edgar Po bo‘lishi ehtimolini yuksaltiradi.

Edgar Po va Paul Valeri – bu ikki mutafak- kir she'riy ilhom(hissiyot)ning bir mistik bo- shlang‘ich ekanligini shubha ostiga olmasa ham uning nazoratga tobe jarayon ekanligidan amin shaklda fikr yuritadilar.

Ko‘pchilikka sovuq aqlchilik bo‘lib ko‘ringan bu tanafussiz ehtiros otashi ular uchun tafakkur jarayonida ko‘zdan qochirishdan qo‘rqqan manzilni yoritib turadigan muz mash'aladir.

Manzil esa – hech qachon yetib bo‘lmaydigan O‘Z- LIKdir. Tafakkurning o‘zligi. Ya'ni, sof – na maishiy, na ijtimoiy, na da siyosiy voqelik bal- chig‘i sachramagan – estetik borliq.

Adabiy matn, rasm va yoki musiqa, hammasi bu shartlar iskanjasida yuqoriga, vertikalga yo‘nal- sagina, o‘sha ehtiros otashini tatmin etaolishi mumkin.

Adabiyotdagi bu Sovuq Ehtiros Otashi tutqun- larining ashaddiy tanqidchisi Iv Bonfua (1923

  • 2016) Pol Valeri haqda yozgan essesida Vale- rining «Dengiz bo‘yidagi qabriston» she'ridan boshqa shoh asari yo‘q, degan xulosaga keladi. U Valerining «murakkabligi» haqida intellektual g‘azabga to‘la murakkab bir esse bitadi. Ya'ni, So- vuq Otash unga qo‘l uzatgan qo‘lni ham kuydiradi.

Ilhom haqda Valerining «She'r san'ati» kito- biga so‘zboshi yozgan Tomas Stirns Eliot shunday deb yozadi: «Valeri poetikasida «le reve» ibo- rasi oddiy qilib aytganda «ilhom» degan narsa- ning she'r yozishda kichik bir rol o‘ynaganini va undan so‘ngra keladiganlar tafaurotli, bilinchli va mashaqqatli bir ish ekanining urg‘ulanishi yosh shoirlar uchun o‘rinli bir eslatmadir».

Rahmatli shoir akamiz Cho‘lpon Ergash 60-yil- lardan bir hikoya aytib bergan edi o‘zining nim- kinoyali tabassumi ila: «Abdulla (Oripov) bilan lag‘mon yeb o‘tirgandik, u menga «Cho‘lpon, bilasiz- mi, bir kunda 3 ta genial she'r yozish mumkin ekan- ey! Men kecha yozdim»! dedi hayajonlanib. «Albat- ta, Abdullajon, siz geniysiz, bir kundan 3 tadan ham ko‘proq genial she'r yozishingiz mumkin», de- dim. So‘ngra «siz geniysiz, Abdullajon, men esa, genkaman, dedim unga», deya jilmaygandi rahmat- li Cho‘lpon Ergash.

Ilhom bilan bitilgan she'r bizning shoirlar nazdida darhol muqaddasot qozonadi. She'rni yoz- gan odam uni (o‘zini) «genial» deb atashdan toy- maydi. Bunday she'rni yana-da mukammallashti- rish fikri «geniallik»ka rahna solish bo‘lib ko‘rinadi ularga.

T.S.Eliotning P.Valeri kitobiga yozgan so‘zbo- shisidan yana bir iqtibos: «…agar bir she'r tugal- lanmagan tuyulsa va yoki yaxshi she'r uchun yaxshi xo- mashyo bo‘lib ko‘rinsa, bu bizga shoirning ilhomga ortiqcha ishonib qo‘yganidan dalolat beradi».

«Valerining «bir she'r aslo tugallanmaydi» deganda nimani nazarda tutganini anglayman, shekilli», degandi T.S. Eliot.

Biz ham angladik, shekilli: iste'dod daraja- lariga qarab, she'rning mukammalashuv jarayoni davom etadi.

Edgar Po va Paul Valerining poetik metodi irratsional bir borliq bilganimiz she'rga ratsi- onal-matematik zehniyat bilan yondoshuv metodidir.

(Davomi bor)

Muhammad Solih

Tag‘in o‘qing
9 may 2016
GM Uzbekistan shirkatiga aloqador yuqori mulozimlar uzoqlikka yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqda. Avtosanoat ishi bilan bog‘liq ikki MXX mulozimi ...
29 iyun 2017
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan ...
5 sentyabr 2016
O‘zbekistonda qatag‘on yillarining qoralovchilaridan biri bo‘lgani iddao qilinadigan 54 yoshli Nig‘matulla Yo‘ldoshev shaxsi haqida matbuotda juda kam eshitganmiz. Nig‘matilla ...
2 oktyabr 2015
Radio manbasiga ko‘ra ilgari fohishalik qilgani bois jarimaga tortilgan ayollarni yig‘ib, dalaga olib ketishgan. “Balkondan qarab turdim. Hammasini bir ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...