Asosiy mavzular
25 avgust 2022

Balchiq oqayotgan yerto‘la, savodsiz mudirlar, daraxtkesarlarga esa chora ko‘rildi

Eltuz portalining bugungi sonidan 5 ta shikoyat va bitta rasmiy munosabat o‘rin olgan. Dastlabki shikoyat telegram messenjeridagi firibgarlik haqida.

Kitob va'da qilayotgan firibgarlar

«Assalomu alaykum. Tuz og‘a. Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar bugun shu darajada ko‘pki, biri ketib, biri keladi. Telegram messenjeri orqali ba'zi kanallarda reklama berish yo‘li bilan o‘z auditoriyasini kengaytirib, yolg‘on va'dalar berib xaridorlar ishonchiga kirgan firibgarlar odamlardan turli miqdordagi pullarni undirishgan. Masalan Kitoblar.uz telergam sahifasida 36 soat muddat ichida kitob yetkazib berilishi aytilgan, biroq kitoblar aslida umuman mavjud emas. Kitoblarning rasmini tashlash so‘ralganda, javob berilmadi.
Chora ko‘rish maqsadida 102 qisqa raqami bilan bog‘lanilganda bu ularning ishi emasligini ta'kidladi, Ichki ishlarga berilgan ariza esa 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi aytildi. Ungacha bular yana qancha odamni aldashga ulguradi!
Ichki ishlardagi ariza raqami: 4048322
Menda 30 ga yaqin odamning to‘lov qilgani haqidagi skrinshotlar, yozishmalar, shuningdek firibgarning karta raqamlari bor. IIV tezroq chora ko‘rib, topishsin! Bu ish shunday qolmasligi kerak»

Quvurlari chirigan pod'ezd yerto‘lasi…

Siz ko‘rayotgan videoda Toshkent shahar mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv 1 mavzesi Chimyon mahallasi 45-uy 4-podezd yerto‘lasi aks etgan.

«Nima uchun 4- podezd yerto‘lasi deb yozganim sababi, 1-2 podezdlar yaxshi qilib qo‘yilgan, kim kelsa shuni ko‘rsatib oxirgi podezd yerto‘lasi ko‘rsatilmayapti, aldab chiqarib yuborishmoqda.» deya yozadi murojaat egasi

Video: https://t.me/eltuzportali/342

Savodsiz, bilimi saviyasi past mudir ishdan haydalsin

«Chiroqchi tumani 9-maktab «zavuch»i B.S. bir yil oldin oddiy o‘qituvchilik paytida sinf jurnalini yuritolmagani uchun raxbarlardan tanbex eshitganida, zo‘rovonlik bilan bir necha bor sinf jurnalini otib, yirtib tashlagan edi. RayONO mudiri shunday o‘qituvchini «zavuch» qilib tayinladi. B.S «zavuch»lik paytida ta'lim sifati juda tushib ketdi. Kundalik.com, ERP (ta'limni boshqarish axborot tizimi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha» maktabimiz tumanda oxirgi o‘rinni egallab keldi.
Dars mashg‘ulotlari o‘lda-jo‘ldalik, dars jadvalida xatolik, kamchiliklar bilan o‘tgan o‘quv yilini tamomladik.
Hozirgi kunda na dars taqsimoti qilingan, na dars jadvali, na sinf jurnallarini kundalik.com ga kiritish ishlari qilinmagan. Sababi, «zavuch» savodsiz, IT dan bilimi nol (raxbar xodimlar malaka tasnifi talabi), ish paytida to‘yma-to‘y yuradi.
Shaxsan xalq ta'limi vaziridan talabimizga e'tibor berishlarini so‘raymiz.»

Farg‘onada IIB xodimlari dam olishimizga yo‘l bermayapti…

«Assalomu alaykum eltuz, mening murojaatim bor edi. Men Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida istiqomat qilaman.
Bizning shaharda g‘alati ishlar sodir bo‘lyapti. Ya'ni kechki 22:00 dan so‘ng ko‘chaga dam olgani chiqish mumkin bo‘lmay qoldi. Muzqaymoqxona, oshxona, shunga joylarda IIB xodimlari kelib chiroqlarni o‘chirishni, mijozlarni ketkazib yuborishni so‘rab do‘q po‘pisa qilishmoqda. Bu narsa 5, 6 marta sodir bo‘ldi, lekin, videotasvirga ololmadim.
Shu ishlari qonunga muvofiqmi? Axir kechasi shahrimizda ko‘ngil yozishga haqqimiz yo‘qmi. Samarqandda bo‘lgan turistlar voqeasi vazirlikka dars bo‘lmagan ko‘rinadi.
Iltimos shu muammoyimizni yoriting, butun O‘zbekiston bo‘yicha bilsin qanday erkinlik cheklanayotganini biz erkin yashashni orzu istaymiz. Yoki yaxshi yashash uchun boshqa davlatga ko‘chib ketishga majburmizmi? Bizning huquqlarimizni kim himoya qiladi axir?!»

Shofirkonga saviyali XTB mudiri kerak

«Assalomu akaykum Eltuz!
Men Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan murojaat qilyapman.
Tumanimiz 2018-2019-2020-yillar davomida oliy tàlim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha respublikada 1-2-3 o‘rinlarni egallab kelayotgan edi.
Ammo, joriy yilda o‘tkazilgan test sinovlarining umumiy holatiga qaraydigan bo‘lsak, Shofirkon tumanidagi holat respublika emas viloyat miqyosida ham achinarli holda.
Buning sabablari nimada?
Men kuzatgan birinchi sabab shuki, tuman XTB mudiri Ruslan Atoev tumandagi repititorlik kurslariga qatnaydigan o‘quvchilarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi, ichki ishlar xodimlari bilan tinimsiz reyd uyushtirdi.
Rossiyaga ketgan, Qozog‘istonga ketgan, tilla konlarida kunbay ishlayotgan, Toshkent va boshqa viloyatlarga mardikorlikka ketib qolgan o‘quvchilar qolib, repititorlik kurslariga qatnayotgan o‘quvchilar bilan kurashdi va shu vaj bilan davomatni ko‘tardi.
Shuningdek, bu Ruslan Atoev degan vallomat ayrim YTT bilan shug‘ullanadigan o‘quv markazlariga ham hokimiyat(sobiq) va IIB bilan birgalikda bosimlar qilib, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilib kelmoqda yoki maktab direktorlari orqali shu ish qilinmoqda.
Bizga tumanimizda repititorlik markazlari, o‘quv markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qila oladigan XTB mudiri kerak!
Hurmatli tumanimiz hokimi Jamshid Sharopovning ilm-fan yòlida olib borayotgan ishlarini olqishlaymiz!
Hokimimizdan ilmparvar, vatanparvar, tumansevar, barcha ilm beradigan davlat va nodavlat tashkilotlar boshini biriktira oladigan XTB mudiri qo‘yilishida yordam berishlarini sòraymiz.
Buxoro viloyat XTB mudiri Dilfuza opa!
Siz qachongacha Ruslan Atoevni himoya qilmoqchisiz? Shofirkondek ilm maskani so‘nib bo‘lgandan keyin tushunasizmi holatni?
Biz norozi bo‘layotgan narsalarni o‘rganing, tumanimiz salohiyati tushib borayotganligini o‘rganing va to‘g‘ri xulosa qilasiz degan umiddamiz!


ELTUZ NATIJA:

Muammo bartaraf etildi. Huquqbuzarlar jazolandi

Joriy yil avgust oyining 24 sanasida ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad. Yugnakiy ko‘chasi Medimax klinikasi yonidagi daraxtlar kallaklangan deya e'lon qilingan foto materialga javoban quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Yekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo’yicha Mirzo Ulug’bek tumani bo’limi, Ekopatrul davlat inspektorlari ishtirokida holat joyida o’rganildi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzilda ikki dona archa, besh dona yapon safora daraxtining tepa qismidan hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda fuqaro tomonidan kallaklash holati aniqlandi.
Natijada, ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi belgilandi. Kelgusida shu kabi harakatlarni qayta sodir etilmasligi uchun tushuntirish ishlari berib o‘tildi.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati«

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

Video: https://youtu.be/IN3XbJ7oRKA

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2022
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni yoqilg‘i narxlari ikki barobar oshishi sababli boshlangan g‘alayonlar ortidan hukumat iste'foga chiqarildi. Prezident Qosim Jomart ...
13 iyul 2017
15 iyuldan tabiiy gaz, issiqlik va elektr narxlari qimmatlaydi. 21 iyuldan esa suv narxlari ko‘tariladi. O‘zbekiston moliya vazirligi reestriga ...
15 fevral 2022
Eltuzga 10 fevral kuni tasvirga olib yuborilgan videoda Qashqadaryo viloyatning Qamashi tumani Tolli qishlog‘ining loyli ko‘chalari aks etgan. «Shu ...
10 may 2021
Olmaliq shahrida soliqchilar yoymachilik ortidan tirikchilik o‘tkazayotgan ayollarni sudra-sudra qilgani ortidan ko‘tarilgan shov-shuvdan so‘ng voqea ishtirokchilari Davlat soliq qo‘mitasining ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...