Asosiy mavzular
24 sentyabr 2022

Uchko‘prikdagi klaster paxta o‘g‘risimi?

Uchko‘prikda 20 ta fermer birlashib kooperatsiya tuzgan va o‘z paxtasini tumanda tashkil etilgan “Uchkuprik Global Textile” klasteridan bir tiyin olmay yig‘ishtirib olayotganligi bugungi kunda bu fermerlar Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan bosimga uchrab, majburan klasterga paxtasi olib berilayotganligi haqidagi xabarlar chiqqan edi. 

Eltuz muxbiri 23 sentyabr kuni voqea joyida bo‘ldi. Viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alibek Tursunovdan bu holatga izoh olmoqchi bo‘ldi. Ammo Alibek Tursunov izoh berishni istamadi.

Uchko‘prik tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilmurod  Qurbonovning  aytishicha, «fermerlar o‘z roziligi bilan klaster bilan shartnoma tuzgan va o‘z xohishi bilan Qo‘qonsoy paxta qabul qilish  punktida yig‘ilgan paxtalarini klasterga toshib berishyapti. 

Chunki iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolgan fermerlar terimchilarga berish uchun terim pulini topa olgani yo‘q. Ba'zilari uyidagi mollarni, mashinasini sotib bu punktning ijara pulini to‘lashgan. Ular hozir har tomonlama qiynalyapti. Shuning uchun ular klasterga paxtasini berishga shoshib qoldi» – dedi suhbatdoshimiz. 

Dilmurod Qurbonovning yana aytishicha,  «shartnomada bir tonna paxtaning puli 10 050 so‘mdan qilib belgilangan.»

Fermerlar esa, o‘tgan 2021 yilda klaster fermerlarga paxta pulini bermagan. Fermerlar sud orqali klasterdan pullarini undirib olishgan. Bu yil ham xuddi shunday qiyinchiliklarga uchramaslik uchun o‘zlari kooperatsiya tuzgan fermerlar chigitni ham o‘z mablag‘iga ekkan, o‘g‘it va yoqilg‘i mahsulotlarini ham o‘z pullariga olib paxtani yetishtirgan. 

Paxta hosilini yig‘ib-terib Qo‘qondagi eski paxta zavodning orqasidagi Qo‘qon paxta qabul qilish punktiga qo‘yishgan. Ammo keyinchalik ularga klasterga qo‘shilish va paxtani faqat klasterga sotish bo‘yicha bosimlar bo‘la boshlagan. 

Fermerlardan birining aytishicha, 22 sentyabr kuni Qo‘qon paxta punktiga yig‘ilgan paxta viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, viloyat prokurori o‘rinbosari, viloyat ichki ishlar bo‘limi o‘rinbosari, Uchko‘prik tumani hokimi va mas'ullar bosimi ostida klasterning Qorayantoq MFYdagi yangi qabul punktiga olib ketilgan.

-To‘g‘risi, nima qilishga boshimiz qotdi, – deydi ismini aytishimizni istamagan fermerlardan biri. – Boshida hammamiz klaster bilan shartnoma tuzishga rozi emasdik. Ammo bitta sherigimizni qanday yo‘ldan og‘dirishdi bilmaymiz, u darrov shartnoma tuzib, bu yerdan paxtasini olib chiqib ketilishiga rozi bo‘ldi. Mening ham yuzlab tonna paxtam shu yerda. Nechchi tonnaligini aytsam kimligimni bilib qolishadi.

Bu fermer bilan muxbirimiz 21 sentyabr kuni soat 18 -19 lar oralig‘ida gaplashgan edi. 23sentyabr kuni muxbirimiz o‘z surishtiruvlarini davom ettirdi. 

-Ha, kecha kechqurun soat 12 gacha punktda bo‘lganmiz. 7 ta fermerning paxtasini olib chiqib ketishga shartnoma tuzishdi. Kamida 2 ta fermerning paxtasi kechaning o‘zidayoq chiqib ketdi. 24 sentyabr xolatida ham qolgan fermerlar shartnoma tuzishda davom etmoqda. Hozir klaster kamida 6 yoki 7 kishining pulini to‘lab berdi. Yana uch-besh fermer shartnoma tuzibdi. Borgan sari safimiz ozayyapti, dedi fermer.

“O.M.Azizxo‘ja” fermer xo‘jaligi rahbari Orifxo‘ja Tojiboevning o‘zigina paxtasini Qo‘qon paxta tozalash zavodida chigitini ajratib olishga ulguribdi. 

–  Men paxtamni qayta ishlab bo‘ldim. Endi mening paxtamni olisholmaydi. Men klaster bilan shartnoma ham tuzmayman, – dedi fermer. 

Fermerga sizlar o‘zingizni  mablag‘ingizga  paxta yetishtirdingiz. Bu  xususiy mulkingiz. Nima uchun klasterga paxta sotishga majburlanyapsizlar, deb savol berdim. 

–  Boshida bizga kooperatsiya tuzishimizga hech kim qarshilik qilmadi, – dedi fermer.

Endi hosil yig‘ishtirilib, u ko‘zga ko‘ringach, kimdir tayyoriga ayyor bo‘lgisi kelib qolgandirda. Biz paxta qayta ishlab, Uchko‘prikdagi bir necha yillardan buyon to‘la quvvatda ishlamayotgan “Humo” to‘qimachilik korxonasida ip-kalava qilib chiqartirmoqchi edik. Chunki o‘tgan yili klasterga ishonib pulsiz qolganmiz. Sud orqali olish esa ancha ovoragarchiliklar keltirgan. 

Klasterga paxta topshirmagan fermerlar taqdiri nima bo‘ladi? Ular paxtasini qaerga sotadi? Fermerlarga o‘z paxtasini qayta ishlash, tola va chigitni erkin sotish imkoniyati, huquqi beriladimi, kabi savollarga esa javob topish kerak. Eltuz fermer¸ klaster va hokimiyat uchburchagi ichidagi vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Tag‘in o‘qing
3 noyabr 2023
Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas, Ko‘nglum ichra ...
2 aprel 2015
Jurnalist Qudrat Bobojanov rasm chizadi. Islom Karimov rejimi uning nazdida, o‘zini o‘zi yeydigan va tag‘in boshqa minotavrchalar siz bilan ...
2 dekabr 2015
Dokument ruknida Yuriy Jukovskiy va shved sudida uning Rossiyadagi do‘sti sifatida ta'riflangan, Turkiya va Rossiyadagi o‘zbek rejimi muxoliflariga qarshi ...
8 fevral 2019
Aytaylik, g‘orda yashaydigan ibtidoiy odam yoniq turgan televizorni ko‘rib qoldi. Uning ilk reaktsiyasi qanday bo‘ladi? Albatta, dastasi yog‘och tosh ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...