Asosiy mavzular
3 noyabr 2022

EP42: Noqonuniy cotilgan yer, nochor ayolning uyi va o‘nqir-cho‘nqir yo‘llar

«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Samarqanddan. “Kadastr xodimining yerni noqonuniy tarzda sotgani” haqda.

Noqonuniy sotilgan yer

“Samarqand shahridan murojaat qilyapman. Tadbirkorman. Samarqand shahri Xo‘jaqishloq mahallasidan yer sotib olib korxona ochdim. Ammo bu orada yerimizni kadastr xodimi noqonuniy ravishda boshqalarga sotgani ma'lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha firibgarlik moddasi bilan jinoiy ish ochilgan, tergov ketmoqda. Lekin MIB bizdan joyimizni bo‘shatishni talab qilmoqda. Ularga tergov ketayotgani haqida ma'lumotnoma ko‘rsatdik, ammo sud hujjati kerakligini aytishyapti. Agar korxonamiz yopilsa, xodimlarimiz ishsiz qoladi. Bu yoqda kreditlar va hamkorlar bilan imzolangan shartnomalarimiz bor. Korxona ishini yo‘lga qo‘yish uchun 2 yil harakat qildik. Mas'ullardan masalani qonuniy hal qilib berishlarini so‘rayman” deya yozadi qashqadaryolik shikoyat egasi.

Qashqadaryolik yolg‘iz ayol uyi achinarli ahvolda ekanidan nolimoqda:

Nochor ayol uyi

“Men – Mingnora Chorieva, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Yangi hayot MFYdan murojaat qilyapman. Uzoq yillardan buyon yolg‘iz yashayman. Uy-joyim o‘ta achinarli xolda, devorlar ham yorilib ketgan. Tumanga, viloyatga murojaat qildim. Toshkentga ham borib keldim. To‘g‘ri, tuman mas’ullari yordam berishni boshladi, lekin negadir ishlar o‘lda-jo‘lda qolib ketdi. Yomg‘ir yoqqan vaqtlarda tashqariga chiqib o‘tiraman, chunki uyim qulab tushishi mumkin. Hurmatli Prezidentimiz men kabi yolg‘iz ayollarga, nogironlarga katta yordam bermoqda. Buning uchun minnatdorman. Mening uyimni ta’mirlatishda ham ko‘mak beriladi degan umiddaman”.

Keyingi shikoyat Toshkentdan.

O‘nqir-cho‘nqir yo‘llari

“Toshkent viloyati Olmaliq shahri Oydin hayot ko‘chasi achinarli ahvolda. Holatdan sektor rahbarlari, yo‘l idorasining xabari bormikan? Olmaliq kabi boy shaharga shunday yo‘llar yarashadimi?” deya yozadi toshkentlik vatandosh Eltuz portaliga.
Namanganda ham yo‘llar o‘nqir-cho‘nqir:
“Namangan viloyati Norin tumani O‘zbekiston MFY Amur Temur ko‘chasi ta'mirtalab ahvolda. 4 yildan kutamiz, yo‘l qachon asfalt bo‘ladi?” deya yozmoqda Namanganlik shikoyatgo‘y.
Jizzaxda esa 1 sinf o‘quvchilaridan ko‘chat va ko‘chatga pul so‘ralmoqda

Ko‘chatga pul

«Assalomu alaykum Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan murojaat qilyapman. 1-sinf maktab o‘quvchilaridan ko‘chat va ko‘chatga pul so‘ralmoqda.»

+++

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

Video: https://youtu.be/c6nacxRVsEI

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2017
O‘quvchilarning jinsiy tegajog‘ligidan hamkasbini himoya qilgan Toshkent shahar Olmazor tuman 315-umumta'lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 60 yashar Gulbo‘ston Nizomiddinova ...
24 iyul 2017
Xalq orasida yirik ishbilarmondan ko‘ra ko‘proq kriminal avtoritet sifatida tanilgan G‘ofir Rahimovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan internetda u haqda ...
20 iyul 2022
O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat deb biladi? Bir yarim ...
21 fevral 2022
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Jumasafar Dadaboevni boshqa davlatlarda ishlash uchun josuslikka yollashga uringan Qoraqalpog‘istondagi turkman qishlog‘ida tug‘ilgan faol va ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...