Asosiy mavzular
5 yanvar 2023

600’26: Eng taniqli o‘zbek, Ronaldo sevgilisi va Ukraina uchirgan sun'iy yo‘ldosh…

Qadrli muxlislar. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 2023 yilgi ilk sonini taqdim etadi.
+++
2022 yilda eng ko‘p tilga olingan o‘zbek vatandoshi Munisa Rizaeva bo‘ldi. Shavkat Mirziyoev uchinchi o‘rinda, Saida Mirziyoeva o‘ninchi o‘rinda. Eslatib o‘tamiz Munisa Rizaeva O‘zbekistonda eng sevib tinglanadigan ashulachi ayoldir.
+++
Qashqadaryodagi bozorda savdogarlar «zamhokim»ni kaltaklashgani aytilmoqda. Hokim o‘rinbosari va bozor rahbari Qamashi tumanidagi «Fayz» dehqon bozori atrofida ekskavator yordamida beton ariq o‘rnatish ishlarini olib borayotgan bo‘lishgan.
+++
DXX O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi yaqinida qoldirib ketilgan 26 kilo (undan 20 kilosi qoradori) narkotik moddasini topishdi. Xabarda yuk noma'lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgani aytilgan.
+++
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida mahalliy bloger Zohid Jumaev IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan. Qachon va nima sababdan kaltaklangani Eltuzga hozircha ma'lum emas.
+++
Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari Amrillo Inoyatov korruptsiya faktlari haqida hamma xabar berishi uchun shaxsiy telefon raqamini ommaga oshkor etish niyatida ekanligini malum qildi.
+++
«Ginekolog imom» nomi bilan tanilgan Rahmatulloh Sayfuddinov ishdan ketdi.  U 2021 yil 20 oktyabrdan buyon Toshkent shahar bosh imom – xatibi, shuningdek, «Minor» jome masjidi imom – xatibi mansabini egallab kelayotgan edi. Sayfuddinov AQSh kongressi moliyalaydigan Ozod Yevropa Ozodlik radiosi janozasini o‘qiganini aytgan edi. Yaqinda Sayfuddinov svet va gaz yo‘qligidan qiynalgan aholini noshukrlikda ayblab chiqdi. Pista, bodom biznesi bilan ham shug‘ullanadigan Sayfuddinov barcha mullalar kabi din tujjoridir. R. Sayfutdinovning erkak kishining doyalik qilishiga qarshi bayonoti va boshqa chaqiriqlari bilan ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lgan.
+++
Shuhrat G‘aniev prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
+++
Xalqaro boks assotsiatsiyasi reytingida O‘zbekiston 2 o‘rinni egalladi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) milliy jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi 37600 ochko bilan 2 o‘rinni egalladi.
Umumiy hisobda 135 mamlakat kiritilgan reytingda 17 ta vazn toifasidagi bokschilarning ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan. Reytingda 48100 ochko bilan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardan Hindiston, AQSh va Turkiya joy olgan.
+++
DXX Migratsiya agentligi ustidan nazorat qiluvchi mas'ul qamoqqa olindi. U migrantlarga aviabilet ustiga narx qo‘yib sotish orqali firibgarlik qilganlikda gumonlanmoqda, deb yozdi Kun.uz o‘z manbasiga tayanib.  
Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi va reintegratsiya masalalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sardor Abduazimov DXX tomonidan ushlangan. U Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat (firibgarlik)da gumonlanib, qamoqqa olingan.  Ayni paytda, Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, shuningdek Tashqi migratsiya agentligi rahbari Afzal Irmatov va yana bir necha kishi hibsga olingan.  
+++
Islom Karimovning ayovsiz jallodlaridan biri hisoblangan va O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashidjon Qodirov ozodlikka chiqdi. Bu ma'lumotni Eltuzga bir-biridan mustaqil bir necha manba tasdiqladi. Zangiota tumani sudi sobiq prokurorni 3 yil ichida «qamoqxona qoidalarini buzmagani», yaxshi xulqi va chevarligini hisobga olib, Qodirovni qamoqdan chiqarishga qaror qilgan. 2018 yil fevralida hibsga olinib, 2019 yil iyunida 10 yilga qamalgan Qodirov shu tariqa 3 yil o‘tar-o‘tmas turmadan ozod qilingan.
+++
Buxoro viloyatining Peshku tumanida 21 va 24 yosh bo‘lgan ikki ayol o bo‘yinlariga arqon o‘zlarini osib o‘ldirgani aytilmoqda. Tuman prokuraturasi tekshiruv boshlagan. Ikki yosh ayol go‘rda.
+++
«An-Nasr» jamoasiga qabul qilingan Krishtianu Ronaldu va u bilan nikohsiz birga yashab kelayotgan sevgilisi Jorjina Rodrigesga Saudiya Arabistonida uylanmagan juftliklarning bitta uyda istiqomat qilishini man qiluvchi qonunga bo‘ysunmasdan yashashga ruxsat berildi.
+++
Yevropada tabiiy gaz narxi keskin pasayishda davom etmoqda. Ayni paytda ming kub metr gaz narxi 750 dollarga tushdi. Narx pasayishining Rossiya va Xitoyga gaz sotayotgan O‘zbekistonga aloqasi yo‘q.
+++
Bu vaqtga kelib Piterda «Belarus MTZ» zavodining ishlab chiqarish binosiga o‘t ketdi. Rossiya Ommaviy Axborot vositalari xabariga ko‘ra, yong‘in 400 kvadrat metr maydonni egallagan. Kamida 2 odam halok bo‘lgan. Yong‘in sababi ma'lum emas.
+++
Ukrainadagi urushga jo‘natilgan rus askari birga xizmat o‘tayotgan chechenlarning kaltaklashi va zo‘rlashiga chidamay, o‘zini osib o‘ldirdi. O‘limi oldidan xotiniga yozgan vido xatida mobik bu yerda hech kim o‘rislarni odam o‘rnida ko‘rmasligi, hamma joyda chechenlar hukmronligini aytgan. Chechenlar tomonidan besh marta zo‘rlanganini iddao qilgan mobik bunday xo‘rlikka boshqa chidolmasligini ta'kidlagan.
+++
Rossiya Qrim va Belarusda yadro qurolini joylashtirdi, deya ma'lum qildi Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi matbuot xizmati xodimi Andrey Yusov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim bilan Belarus Putin tomonidan provokatsiya uyushtiriladigan joylar sifatida qaralmoqda.
+++
Rossiyaning Samara shahrida 2023 yili birinchi bo‘lib tuqqan ayol Elnura Alimqulova bo‘libdi. Yangi tug‘ilgan qizaloq oiladagi oltinchi farzand ekani haqidagi xabar ostida qoldirilgan sharhlarni o‘qish davomida Rossiyaliklarning boshqa xalqlar vakillari, ayniqsa osiyoliklarga qanday nazar bilan qarashiga guvoh bo‘lishi mumkin. Komentchilar bunaqada O‘rusiya tez orada «Rossistan», «Churkosiya» yoki «Churlyandiya»ga aylanib qolishidan nolishgan.
+++
Tarmoqda videomurojaat qoldirgan ukrainalik kapitan – HIMARS zarbalardan omon qolishni istagan o‘ris askarlariga omborxonalar joylashuviga oid ma'lumotlarni sizdirishni taklif qildi. «Shu tariqa men harbiy texnika, o‘q-dori va yoqilg‘i omborlarini bombalayman, sen joylashgan binolarga esa tegmayman. Shu yo‘l bilan sen o‘zing va do‘stlaringni urushda o‘lish zahmatidan qutqarasan va omon qolasan» dedi u o‘z murojaatida.
+++
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropadagi Ukraina qochqinlari soni salkam 8 millionga yetdi. Yevropa mamlakatlarida qochqin sifatida  4,9 million nafar odam qayd etilgan Ukrainlar ko‘proq Polsha va Germaniyani tanlashmoqda. Muvofiq tarzda 1,5 va 1 mln nafar. Qochqinlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinni Chexiya egallagan: U yerga Ukrainada 476 mingdan ortiq odam qochib o‘tgan.
+++
Bu vaqtga kelib Ilon Maskning Space X shirkati Ukrainaning PolyITAN-HP-30 deb nomlangan yangi sun'iy yo‘ldoshini Yer orbitasiga olib chiqish bo‘yicha missiyani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Ukraina sun'iy yo‘ldoshi osmonda.
+++
O‘zgidromet ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining ayrim tumanlarida 5 yanvardan 10 yanvargacha qor ko‘chishi ehtimoli bor.
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
11 fevral 2020
Ijtimoiy tarmoqda «Ilhom» teatridan binoning olib qo‘yilishiga qarshi norozilik ortidan 11 fevral kuni Madaniyat vazirligi teatrning o‘z o‘rnida qolishini ...
30 iyul 2018
1 oktyabr kuni Muhammad Bekjon 63 yoshga to‘ldi. «Eltuz» nashri O‘zbekistonda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist va sobiq ...
10 sentyabr 2017
8 centyabr kuni «O‘zbegim» festivalida Ginnes rekordi uchun tayyorlangan 8 tonnalik osh, o‘zbeklar o‘rtasida tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Rassom Tuz ...
5 oktyabr 2017
Prezident Mirziyoev 30 sentyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonda, mamlakat bo‘ylab bog‘chalar sonini ko‘paytirish, maktabgacha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...