Asosiy mavzular
13 fevral 2023

EP58: Avtobus haydovchilari, klaster ishchilari va Toshkent aeroporti muammolari


Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Toshkent shahridan. Avtobus haydovchisi oyligi vaqtida berilmayotganidan shikoyat qilmoqda.

«Avtobus haydovchisiman. 2022 yil dekabr oyi maoshi hali berilmadi. Yana bir holat. Dekabr oyida Prezidentimiz Toshkentdagi 18-avtobus saroyiga tashrif buyurdilar. U kishi kelishidan avval yurmaydigan avtobuslar 7-saroyga olib borib tashlandi. Maqsad asl vaziyatni Prezidentimizdan yashirishmi?»

Ijtimoiy tarmoqda ish haqi kechikkani haqida murojaat e'lon qilish qonunga xilofmi? Navbatdagi shikoyat Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidan.

«Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidan murojaat qilyapmiz. 2023 yil 16 yanvar kuni ijtimoimy tarmoqlarda INDYeNIM klasteri ishchilar maoshini vaqtida bermayotgani haqida videolavha chiqqan edi. 17 yanvar kuni ishchilarga oylik tarqatildi. Lekin bu video murojaatni chiqargan bloger va ishchilar klasterni obro‘sizlantirishda ayblanyapti. Holbuki, mazkur klaster avval ham ish haqini kechiktirgan va ishchilar ijtimoiy tarmoqda murojaat qilish orqali maoshini olgan. Ijtimoiy tarmoqda shu mazmunda murojaat e'lon qilish qonunga xilofmi? INDYeNIM rahbariga tegishli chora ko‘rilishini so‘raymiz».

Piyodalar yurar joyning ahvoli yomon, hech kim e'tibor qilmayapti.. Navbatdagi shikoyat Shovot tumanidan.

«Assalomu alaykum, Eltuz!
Charchamang xalq muammolarini yortishdan. Bizning shovot tumanida Komiljon Otaniyozov nomli markaziy ko‘chamiz o‘ta rasvo ahvolda, buni hech kim qaramaydi ham.
Bu tuman bozorining oldidagi rasvo ahvol. Yo‘lning chetidagi piyodalar yo‘lagi dabdala, oyog‘ing surkinib, sinib ketmaganiga shukur qilasan.
Nogiron bechora odam o‘taman dasa ahvoli voy bo‘ladi. Sizdan iltimos bu muammoni olib chiqsangiz savobli ish qilgan bo‘lardingiz sizning sharofatingiz bilan remont qilsalar»

«Uchastka noziri sayyor qabulga shikoyat qilmaydigan fuqarolarni yig‘ib kelibdi. Keyingi shikoyat Surxondaryodan.

«Surxondaryo  viloyati Termiz tumani Yangihayot mahallasidan murojaat qilmoqdaman. 2 fevral kuni 3-sektor boshlig‘i,  ya'ni tuman IIB boshlig‘i  sayyor qabul o‘tkazdi, lekin atigi 24 ta fuqaroni qabul qildi, xolos. Aholining aytishicha, Yangihayot mahallasi uchastka noziri o‘zi ishongan, shikoyat qilmaydigan fuqarolarni yig‘ib kelibdi. Shu gap rost bo‘lsa, bunday spektaklning nima keragi bor? Yana bir holat. Sayyor qabulda fuqarolarning biron bir murojaati shikoyatlar daftariga yozilmadi. Mahallamizda yashovchi aksar xonadonlar sayyor qabuldan bexabar qoldi. Sektor boshlig‘i nima maqsadda o‘tkazdi o‘zi qabulni?»

Keyingi shikoyat Toshkent aeroportidagi ahvol yuzasidan. Kutish zaliga odamlarni qo‘yishmayapti. Ziyoratchilar ko‘chada kutib olinmoqda.

«Toshkent xalqaro aeroportiga Umra safaridan qaytgan yaqinlarimizni kutib olgani kelgan edik. Bir hafta oldin kutib oluvchilarni ichkariga kirgizishgan edi. Issiq, pana joyda kutib olgan edik. Bu gal ko‘chada, sovuqda bir yarim soat atrofida kutdik. Oldingi hokim Jahongir Ortiqxo‘jaevning tashabbusi bilan qilingan deyishdi. Toshkentning yangi hokimi ham odamlarga qulaylik yaratib, ichkarida kutib olishga ruxsat bersa va bunga sharoit yaratsa, xalqning duosini olgan bo‘lardi».

***
Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz so‘ngi beshta shikoyat edi. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

@eltuz

Tag‘in o‘qing
27 iyun 2019
Yulduz Usmonova 27 iyun kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida «Gulnora Karimovani sog‘indik» deya ijtimoiy tarmoqda aktsiya boshlagan san'atkorlarni ...
25 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Agar haykaltarosh uzoqni ko‘ra oladigan san'atkor bo‘lsa, u yaratgan haykallar ham uzoq-uzoqlarga qarab turadi. Bordiyu ...
25 iyun 2021
Texnik sabablarga ko‘ra, bugun juma va'zi efirga uzatilmaydi. Ammo aziz mushtariylar uchun bir paytlar Urganchdagi men ishlagan TV ALS ...
15 iyun 2017
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning dipmissiya xodimlari va raxbarlari bilan birgalikda rejalagan xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti kutilmoqda. Vazirlik saytida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...