Asosiy mavzular
16 fevral 2023

EP59: Egasiga berilmayotgan tikuv mashinalari, sifatsiz ovqat, ko‘zbo‘yamachiliklar

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidan. Nartichuqurlik ayollar mahalla ajratgan tikuv mashinalarini uyiga olib ketishga ruxsat berilmayotganidan shikoyat qilishmoqda.

«Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nartichuqur mahallasidan  murojaat qilyapmiz. 2022 yili “ayollar daftari”ga kiritildik. Shu payt davomida negadir bizga biror marta ko‘mak berishmadi. Bizni 2023 yil 2 fevral kuni tuman hokimligiga chaqirib, tikuv mashina berishdi. Suratga tushirishdiyu, keyin mashina mahallada turadi, o‘sha yerga kelib tikish qilasizlar deb olib qo‘yishdi. Uyimizda tikamiz desak, yo‘q, bunaqasi ketmaydi, dedi mahalla raisi yordamchisi. Uyimizda qariyalar, yosh bolamiz bor, uyda xotirjam ishlasak degandik. Tikuv mashina ishsiz ayollarga o‘zini-o‘zi band qilishi uchunmi yoki mahalla uchunmi? Mutasaddilardan amaliy yordam so‘rab qolamiz.
2
Keyingi shikoyat Xorazm viloyatidan. Maktabda farzandlarimizga tarqatilayotgan bepul tushlik umuman talabga javob bermaydi.

«Xorazm viloyatidan murojaat qilyapmiz. Hukumat yaxshi niyatda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik joriy qildi. Afsuski, bizda berilayotgan tushlik umuman talabga javob bermaydi. Farzandlarimizga maktabda tushlik uchun berilgan sifatsiz, muhlati o‘tgan, ba'zida qurtlagan va ko‘karib ketgan pechenelarni axlatga tashlashga majbur bo‘lyapmiz. Ba'zida o‘qituvchisi ham tarqatmay tashlab yuboryapti. Buni na maktab mas'ullari, na xalq ta'limi va na SYeS nazorat qilmoqda. Bolalar sog‘lig‘idan kimlarningdir manfaati ustunmi? Huquq idoralari bepul tushlik ta’minotini tekshirsa yaxshi bo‘lardi».
3
Keyingi maktub Buxoroning Shofirkon tumanidan. Prezident uchun navbatdagi ko‘zbo‘yamachilik: Suratdagi issiqxonalar ichida hech nima yo‘q

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan murojaat yo‘llayapmiz. Prezident keladi deb eshitdik. Shunga “spektakl”  tayyorlashyapti. Suratdagi issiqxonalar ichida hech nima yo‘q, AMIRTYeX korxonasi ro‘parasidagi 3 ta hovlini remont qilib quyosh batareykalari o‘rnatishdi. Bu qurib foydalanishga topshirilgan tikuvchilik fabrikasi.  Aytishlaricha, Prezident vertolyotda kelarmish, shuning uchun faqat AMIRTYeXning ro‘parasigina asfalt qilinarmish. Nima, davlatimiz rahbarini aldamoqchi bo‘lishyaptimi? Hurmatli Prezidentimiz faqat  amaldorlar tayyorlagan joylarga emas, kutilmagan hududlarga ham borsa va muammolarni hal qilib bersa minnatdor bo‘lar edik.
4

Keyingi shikoyat Qashqadaryodan. Dehqonobod tumanidagi «Baxt» ko‘chasining haroba yo‘llari haqida.

«Dehqonobod tumani Bo‘ston MFY Baxt ko‘chasidagi bir necha yillardan buyon tumani
hokimligi mutasaddi xodimlarni aybi bilan ko‘plab fuqarolar zarar ko‘rib kelmoqda. Farzandlarimiz maktabga borib kelishda qiynalib kelmoqda, shu ko‘chadan biror fuqaro agarda kasal bo‘lib qolsa tez yordam chaqirsa ko‘chaga kirolmaydi».
5
Va nihoyat so‘nggi maktub Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidan. R37 bilan raqamlangan yo‘l ko‘proq shudgorlangan dalani eslatmoqda.

Jizzax viloyati Zafarobod tumani hududidagi Paxtakor–Chimqo‘rg‘on QFY yo‘nalishidagi R37 yo‘lning ahvoli. Bu yo‘lmi yoki shudgorlangan dalami? Hokimlik tomoshabin. Aholi masalasini hal qilish o‘rniga metallolom yig‘ish, majburiy obuna qildirish bilan band. Yo‘lga ham ahamiyat qaratishsa yaxshi bo‘lardi.

+++

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz so‘ngi beshta shikoyat edi. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

@eltuz

Tag‘in o‘qing
12 mart 2021
Bu yerda o‘zlari uchun yig‘lashmas, Bu yerda yig‘latar birovning dardi. Bu yerda birovning g‘ami muqaddas, Bu yerda tabarruk o‘zganing ...
24 oktyabr 2022
Olmaotadagi tumanlararo tergov sudi 7 oktyabr kuni O‘zbekistonda separatizmda gumonlangan qoraqalpog‘istonlik Ziuar Mirmanbetovani hibsga olish haqida qaror chiqardi.Bundan oldin ...
1 oktyabr 2017
«Eltuz» muxbiri Toshturmadan ozod etilgan yozuvchi Nurullo Otaxonov bilan so‘zlashishga muvaffaq bo‘ldi. Endigina qamoqdan uyiga kelib turgan 63 yashar ...
27 yanvar 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 39-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Masalan, chayonning insonga ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...