SamDUda talabalardan pora qay tarzda olinadi?
Samarqand Davlat Universteti Rus tili filologiyasi fakulteti talabasi Shodiyona Rahmonova o‘z guruhdosh va kursdoshlariga telegram nomasi yo‘llab, 300 ming to‘plab berishni talab qilmoqda. Bu o‘qituvchilar «zachyotka» qo‘yib berish uchun har bir talaba berishi kerak bo‘lgan pora. Eltuzga yetib kalgan audioni tinglaymiz.
E'tibor bergan bo‘lsangiz Shodiyona Rahmonova o‘z bank hisob raqamlarini ham yo‘llagan.
Uning nomalaridan o‘qituvchilarga pora berish bu ilm dargohida odatiy hol ekanini payqash mumkin. O‘qituvchilar talabalar orasida o‘z vositachilariga ega. Butun boshli Universitet pora evaziga bilimsiz, diplomi bor soxta mutaxassislar yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda Eltuz ili bor bildirayotgani yo‘q.
Aziz Eltuz o‘quvchilari. Agar sizda O‘zbekistondagi o‘quv yurtlarida kechayotgan muammoli jarayonlar haqida qo‘shimcha ma'lumotlar bo‘lsa bizga bu haqda yozing. Va albatta Eltuzning yutubdagi kanaliga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.