Asosiy mavzular
17 sentyabr 2023

To‘yimsiz ovqat, yotoqsiz talabalar va chiqindi bosgan ko‘cha – EP97

Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Xorazm  viloyatlaridan kelgan.

Dastlabki shikoyat yotoqxona ololmayotgan Toshkentdagi Irrigatsiya instituti talabalaridan kelgan.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidan yozmoqdamiz. GTS fakulteti talabalariga joy berilmayapti. Dekan 10 sentyabrda yotoqxona ochiladi deb va'da bergan edi. Endi esa sentyabr oxirida deyilyati. Kvartira, mehmonxonalarda qachongacha yashaymiz? Nufuzli institut o‘z talabalariga joy topib berolmaydimi? Umidimiz muhtaram Prezidentimizdan! Institut talabalariga joy berilishida amaliy ko‘mak so‘raymiz”, deya yozmoqda Institut talabarlari.

Navbatdagi maktub ham bolalari Toshkentga o‘qishga kirgan ota onalardan. Ular yotoqxona muammosidan boshlari qotganini yozishmoqda.

“Farzandlari Toshkent davlat transport universitetiga o‘qishga kirgan ota-onalarmiz. Turli viloyatlardan farzandlarimizni universitetga joylashtirish uchun olib keldigu boshimiz qotib qoldi: yotoqxona muammo ekan! Onlayn ariza bergandik, qabul bo‘lmagan ekan. Buni qanday izohlash mumkin? Ko‘pchiligimizga kvartiraga joylashtiringlar deyishdi. Kvartiraning eng arzoni ham falon pul. Negadir universitetda o‘qish ham 11 sentyabrdan boshlanar ekan? Universitet yangi o‘quv yiliga tayyor emasmi? O‘quvchi maktab bilimi bilan o‘qishga kirolmasligi sir emas. Ota-onalar kimdir ikki, yana kimdir uch yil repetitorga pul sarflab o‘qitdik. Endi yotoqxona ham muammo bo‘ladimi? Axir, Prezidentimiz kelajagimiz egalari yoshlarning o‘qishi uchun sharoit yaratish kerak deb jon kuydirmoqda-ku. Yana bir masala. Yotoqxonada turgan bolalar hovlilarni supirar ekan. Bu majburiy mehnat emasmi? Mutasaddilar holatga e'tibor qaratadi degan umiddamiz”.

Keyingi maktub Andijon shahridan. Qo‘shariq dahasi turg‘uni yangi “dom”lar atrofi chiqindiga to‘lib ketgani haqida murojaat qilgan.

Murojaatga ko‘ra, dahadagi 9 qavatli va yangi 7 qavatli uylarning oldi chiqindiga to‘lib ketgan. Chiqindi solinadigan qutilar olib ketilganicha joyiga qaytarilmagan. Atrofni qo‘lansa hid tutib, pashsha bosib ketgani aytilmoqda. Ushbu murojaat bo‘yicha mutasaddi tashkilotlardan amaliy yechim kutamiz.

Keyingi maktubni Farg‘ona shahrida Ekoshahar qurayotgan quruvchilar yo‘llashgan. Ular berilayotgan ovqatning sifatidan nolimoqda.

“Farg‘ona shahridan yozyapmiz. Aeroport yaqinida ekoshahar qurilyapti. Ekoshaharga yaqinda Prezidentimiz ham kelib ketdilar. Biz quruvchi ustalarmiz. 6 oydan beri shu yerda ishlaymiz. Ovqat masalasida shikoyatimiz bor edi. Bizga berilayotgan ovqatlarga umuman go‘sht solinmaydi. Ishimiz og‘ir, yaxshi ishlash uchun baquvvat ovqatlanish kerak, axir. Ammo qurilish ma'muriyati talabimizga quloq solmayapti. Ovqatga go‘sht solmasliklari adolatdanmi? Ustalarga shunday bepisand qarash to‘g‘rimi?”

Va nihoyat so‘nggi maktub Eltuz portalida yoritilgach muammosi hal bo‘lgan Yangibozordagi bir guruh maktab o‘qituvchilari va ota onalardan olindi. Bundan avval ular xonalarining mashg‘ulotlarga tayyor emasligi bois Yangibozor tumani 31-maktabda    jismoniy tarbiya darslari va  musabaqalarini o‘tkazishda qiyinchiliklar bo‘layotgani haqida yozishgan edi.

«Salom Eltuz jamoasi! Sizlarga katta rahmat aytmoqchimiz ota-onalar va ustozlar nomidan. Bu portalni tashkillashtirgan insonning otasiga ming rahmat, mushkullarimizni oson qilyapsizlar. Yangibozor tumani 31-maktabga 12-sentyabr ertalabdan 2 soat mobaynida MMTBning 10 nafarga yaqin ishchilari kelib, tozalash ishlarini olib bordi va natijada 12:00 da dars mashg‘ulotlari boshlandi.» Deya yozadi murodi hosil bo‘lgan maktab jonkuyarlari.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
10 may 2021
Olmaliq shahrida soliqchilar yoymachilik ortidan tirikchilik o‘tkazayotgan ayollarni sudra-sudra qilgani ortidan ko‘tarilgan shov-shuvdan so‘ng voqea ishtirokchilari Davlat soliq qo‘mitasining ...
5 iyun 2017
«O‘zbekkontsert» birlashmasida prezident devonidan kelgan vakil ishtirokida o‘tkazilgan shoshilinch yig‘ilishda ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan “Sultonimiz omon bo‘lsin!” qo‘shig‘i keskin ...
11 aprel 2023
«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir qo‘shiqdir. Aytilishicha, bu qo‘shiq ...
25 fevral 2017
Ijtimoiy tarmoqda o‘zbek to‘yidagi kuyovning kelindan bo‘sa olish an'anasi yuzerlar nafratiga duch keldi. 22 fevral kuni Feysbuk tarmog‘iga qo‘yilgan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...