Asosiy mavzular
28 noyabr 2023

Komandiridan xafa IIB otliqlari, noqonuniy stoyanka va uy qurishga ajratilgan ekin yeri – EP110

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni e'tiboringizga taqdim etamiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Qashqadaryoning Koson tumanidan. Majburiy Ijro byurosi harakatidan norozi Dildora hakimova yana bir bor portalga videomurojaat yo‘llamoqda.

“Men – Dildora Hakimova, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan murojaat llamoqdaman. Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan ijro harakatidagi materialga befarqlik qilmoqda. Men haqimda ham noto‘g‘ri ma’lumot aks etgan ijro hujjati tarqatilgan. Bundan tashqari, yana boshqa holatlarda xatolikka yo‘l qo‘yilgan. MIB avvalo xalq manfaati uchun ishlashi kerak-ku. Byuro xodimlari faoliyati tekshirilishi va qonuniy chora ko‘rilishini so‘rayman”.

Keyingi maktub Toshkentdagi 119-son umumta'lim maktabi o‘quvchilarining ota onalaridan kelgan. Maktubda «Toshkentdagi maktablar ota-onalaridan farzandlari xatti-harakatini nazorat qilish, aks holda jazolanishi haqida tilxat yozdirilayotgani aytilmoqda. Bu holat qonunchilikka to‘g‘ri keladimi?» deya so‘rashmoqda toshkentlik ota onalar.

Har xolda tilxatda tartibni buzgan bolalar emas, qonunga ko‘ra ularning ota-onalari jazolanishi, aynan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47 moddasiga ko‘ra, bolalariga tarbiya bermagan ota onalarning turli miqdorda jarimalarga tortilishi haqida gap boradi.

Navbatdagi maktub ham Toshkent shahridan kelgan. Shahar Ichki ishlar boshqarmasi Patrul post brigadasi otliq otryadi shaxsiy tarkibi xodimlari Eltuzga shikoyat qilishmoqda.

Ular Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi otliq otryadi komandiri bo‘lgan ayolning shaxsiy tarkibga qo‘pol munosabatda bo‘lgani ustidan arz qilishgan.

“Bu haqda yuqori turuvchi rahbarlarga axborot berilganida hech qanday chora ko‘rilmadi. Nomaqbul munosabat sabab, bir necha xodimlar ishdan ham ketgan. Shaxsiy tarkib bilan shu tarzda muomalani qanday izohlasa bo‘ladi? IIV holatga e'tibor qaratadi degan umiddamiz” deya yozmoqda Toshkent shahar IIBB PPX otliq otryadi chavandozlari.

Keyingi maktub Qashqadaryo viloyatidan. Kosonlik faol Bunyodkor MFYda joylashgan 93-maktab orqacidagi yer tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari bilan dehqon fermer xo‘jaligi uchun kadastr bilan kelishib olib qolingani, endilikda esa yer mahalliy aholiga uy-joy qurish uchun ajratilayotganidan shikoyat qiladi.

“Qashqadaryo viloyati Koson tumani Bunyodkor MFYda joylashgan 93-maktab orqacidagi yer tuman hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari dehqon fermer xo‘jaligi uchun kadastr bilan kelishib olib qolingan edi. Hozirgi kunda ushbu yer mahalliy aholiga uy-joy qurish uchun ajratib berilmoqda. Bu bilan soliq tushumi ham qisqarayotgandir. Bu vaziyatda qonun buzilmayaptimi? Mutasaddilardan javob kutib qolamiz”.

Va nihoyat so‘nggi murojaat Andijon shahridan. Eltuz obunachisi shaharning Yangibozor hududida mashinalar noto‘g‘ri qo‘yilgani oqibatida doim tirbandlik yuzaga kelishi, u yerni noqonuniy stoyanka qilib olishganidan shikoyat qilmoqda. Yo‘l patrul xizmati xodimlaridan hududda tartib o‘rnatilishini so‘ramoqda.

Bu e'tiboringizga bugun taqdim qilmoqchi bo‘lganimiz so‘nggi murojaat edi.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2024
Dang‘aralik so‘kong‘ich deya xatga tushgan  fermerni  qasoskor  deb iddao qilingan prokuror qamatgani haqida oxiri yomonlik bilan tugaydigan oshkora baxti ...
24 aprel 2020
15 aprel kuni Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya bo‘lgasida to‘rt nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan. Bundan oldin bu ekstremistik ...
31 mart 2021
Shu o‘rinda Qo‘ylining gapini bo‘lib qisqacha ma'lumot bersam. Qo‘yli asir olinib Bozorak qishlog‘iga olib kelinadi. Oldiniga 10 kun kartserda ...
8 oktyabr 2022
Qizlar ro‘mollarini yechib, havoga silkitib, ularni tinchlantirish uchun kelgan davlat amaldorlariga norozilik bildirishmoqda. Eron shahar maydonlarida paranjilar, hijoblar yechilib, ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...