Asosiy mavzular
22 may 2024

Yangiyo‘ldagi chuqur, go‘ristondagi daraxtkesar va qarovsiz transformator – EP150

Eltuz portaliga yo‘llangan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi tinmasdan davom etmoqda. muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan yopiq videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish, kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki murojaat Sariosiyodan. Qabristonda daraxt kesganlarga chora ko‘rilmayapti.

«Assalomu alaykum!

Bu Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi qabristonda joylashgan daraxtning tuman obodonlashtirish xodimi tomonidan sotish uchun noqonuniy kesib tashlangan rasmi.

Uning tabiatga bergan zarari yuzasidan shu kungacha hech qanday chora ko‘rilmadi. Iltimos shuni chiqaring, respublika ekologiya qo‘mitasiga etib borsin.» deya yozmoqda Sariosiyo turg‘uni.

Buxoroning Qorako‘l tumanida esa elektr transformatri ancha vaqtdan buyon nazoratsiz va havfli tarzda ochiq qolmoqda.

«Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Osiyo MFY hududida joylashgan ushbu transformatorni kimdir nazoratga oladimi?

Elektraset xodimlariga telefon qilsak ancha vaqtdan beri bartaraf etmay aldab kelishmoqda.

Ushbu holatni nazoratga olib bartaraf etilishini so‘rab qolamiz. Hurmatli eltuz jamoasi ushbu murojaatimizni  yoritib bersangiz oldindan rahmat», deya yozadi holatni rasmga olgan Eltuz kanali obunachisi.

Keyingi shikoyat sigirlari tug‘mayotgan Surxondaryo fermerlaridan. Ular har yili sigirlarini qochirish uchun pul to‘lashadi, biroq naf yo‘qligidan nolishmoqda.

“Surxondaryo viloyatidagi fermerlar nomidan yozmoqdamiz. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari sigirlarni sun'iy urug‘lantirish uchun har bir sigirga pul so‘ramoqda. Har yili sun'iy urug‘ uchun pul to‘laymiz, lekin shu vaqtgacha sigirlarimiz sun'iy urug‘lantirilgani yo‘q. Pul yig‘ish va mablag‘ sarfini kim nazorat qiladi?” deya yozmoqda surxondaryolik fermerlar.

Farg‘onada esa mahalla xodimlari har kuni ertalab ishga kelib, madhiya kuylashga majburlanayotganlarini iddao qilishmoqda.

“Farg‘ona viloyatidan yozyapmiz. Mahalla xodimlari har kuni ertalab soat 7 da ish joyiga kelib, davlat madhiyasini kuylab, ish boshlashga majburlanyapti. Uzoq hududdan keladigan xodimlar soat 6-6:30 da yo‘lga chiqishi kerak. Shanba dam olish kuni bo‘lsa ham, soat 7 da mahallaga yetib kelib, madhiya kuylab, surat va videohisobot qilib yuborish talab qilinyapti. Mehnat qonunchiligini buzayotgan vallomatlarga chora ko‘riladimi? Bu holat davlat madhiyasiga nisbatan salbiy fikrni shakllantirib qo‘ymaydimi? Prokuratura holatni qanday baholaydi?” deya yozmoqda davlat madhiyasini kuylashni istamayotgan davlat xodimlari.

Va so‘nggi murojaat, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridan. Shaharning jonkuyarlaridan biri marka Markaziy shifoxona yonginasida o‘yilgan ikkita chuqurlik nazoratsiz holda qoldirilganiga e'tibor qaratadi.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2024
Sog‘liqni saqlash vazirligi ham karvonsaroyga aylandi. Vazir bo‘lib ko‘rmagan kim bor! Rassom Tuz
18 mart 2020
Rassom Kirpi
6 aprel 2017
Shu yilning boshida jahon ekranlariga chiqqan «Mashxurlikka yo‘l» (Sing) filmi katta va kichik yoshdagi tomoshabinlarning nazariga tushdi. Filmda, katta ...
23 avgust 2019
O‘ziga ishonchi bo‘lmagan, qo‘rqoq va ojiz siyosatchilargina davlatni diktatura usulida boshqarish yo‘lini tanlashadi. Bu eng oson yo‘l. Ahmoqning ham ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...