Catira
12 iyun 2024

O‘zbekka «smotryaщiy» kerakmi?

O‘zbek jamiyatida o‘g‘riparvarlik kayfiyati bor. Masalan, “haqiqiy o‘g‘ri mard bo‘ladi” jumlasida ikki bir-biriga zid tushuncha “o‘g‘ri” va “mardlik” bir qatorda turishi – ayanchli holat. Juma kuni masjidga kirib chiqib, keyin mashinasida “vorovskoy ko‘cha” qo‘shiqlarni eshitib yurgich yoshlar kitob tutgan olimlarni emas, o‘g‘rilarni va  ko‘cha bolalarini o‘ziga kumir qiladi.

Eltuz o‘tkazgan so‘rovnomada 14 foiz javob berganlar o‘g‘rilarsiz yasholmaymiz, ko‘chada smotryaщiy bo‘lishi shart, degan. Xo‘sh, bu nimadan dalolat?

Birinchidan, «Shaytanat» tipidagi “kinolar” o‘g‘ri siymosini ideallashtirib ko‘rsatdi. Sobiq Sovet tuzumida ham mard o‘g‘rilar haqida afsonalar bo‘lardi. Boshqa tomondan o‘g‘ri qarshisida bosh egish uning zo‘ravon qudrati va o‘g‘irlagan davlatiga tan berish bilan barobar.

Reallik esa mutlaqo boshqa. Bir o‘g‘ri qo‘lga tushib “IIBdagi tog‘alarim ko‘chaga qarab yurishni buyurdi” deb sotsa, boshqa o‘g‘ri qamoqqa kirishi bilan izidan bir paytlar “turib beraman” degan akaxonlari uni sotadi.

“Birodarim uchun oxirigacha turib beraman” degan bloger-mullabachcha esa 15 sutkada birodarlaridan tortib, imomu voizlarning urug‘u aymog‘igacha sotdi.

Agar mamlakatda qonun ustuvorligi ta'minlanganida bugun odamlar Baxti Tashkentskiyni qahramon deb bilmasdi. Xalq haqiqiy o‘g‘rilar ochiqda yurganini yaxshi biladi.

So‘rovnomaga ko‘ra ham 65 foiz ishtirokchining javobi aynan shunday – ko‘chalarga smotryaщiy kerak emas, huquqiy davlat tuzish muhim.

Yana bir masala – ko‘cha bolalari, o‘g‘rilarni kim ideallashtiradi?

Odamlar bilan oldi-berdi munosabatlarida muammosi borlar, qimor, lirika va boshqa illatlarga “ishi tushadiganlar” bora-bora o‘g‘rilar bilan munosabatga kirishadi.

Bunday g‘alvalardan uzoq yuradiganlarga esa ko‘chada smotryashiy o‘g‘ri bormi, yo‘qmi – farq qilmaydi.

Zotan 21 foiz ishtirokchilar umuman smotryaщiy va o‘g‘rilarga ishi tushmaganini aytgan. Demak, aksariyat yurtdoshlarimizga o‘g‘ri yoki smotryaщiy bilan do‘stlashish yot tushuncha.

Lekin mamlakatda mutlaq qonun ustuvorligi ta'minlanmasa qolgan 14 foiz “smotryaщiy kerak” degan fikr toshi qolganlarni bosib ketadi. Eltuz o‘g‘rilar olamiga oid yangiliklarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
26 dekabr 2018
Yangi yil arafasida 9 yashar o‘zbek qizi Madina qorboboga xat yozdi. Nega lotindamas, kirillda yozding, degan savolga qizaloq Toshkentdagi ...
7 noyabr 2022
Bugun 7 noyabr, bu kun SSSRning eng asosiy bayrami sifatida nishonlangan. Bugun O‘zbekistonda bu tantana mutlaqo unutilgan, ba'zi qari-qartanglargina ...
7 fevral 2023
Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi.  Qop qora ...
2 oktyabr 2019
Bugun ustozim, aka-do‘stim, ajoyib inson, o‘z uslubi va so‘ziga ega bo‘lgan shoir va jurnalist Mahmud Rajabning tug‘ilgan kuni! Afsus, ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...