Asosiy mavzular
11 sentyabr 2024

Soliqdan qarzdorlar,chala qolgan yo‘lak va IIB xodimlari axlati – EP182

Eltuz portaliga xatlar yog‘ilishda davom etmoqda. So‘nggi beshta maktub O‘zbekistonning Camarqand, Toshkent, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan ketgan. Dastlabki maktub Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan. Mahalla soliqdan qarzdorlar ro‘yxatini jamoatchilikka ochiq e'lon qilayapti. Bu shaxs huquqlariga zid emasmi?

“Samarqand viloyati Ishtixon tumani G‘afur G‘ulom MFYdan murojaat yo‘llayapmiz. Mahallamizning Telegram kanalida soliqdan qarzi bor fuqarolar ro‘yxati e'lon qilinyapti. Jamoatchilikka buni oshkor qilish to‘g‘rimi? Bu holatda shaxs huquqlari buzilmayaptimi?” deya yozmoqda soliqdan qarzdor Ishtixon turg‘unlari.

Keyingi murojaat Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidan. Yo‘llar xo‘jako‘rsinga asfalt qilinmoqda.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Kulob Ovul FYdan murojaat yo‘llayapmiz. Qayranli ko‘chasi boshini ko‘zbo‘yamachilik bilan  asfalt qilib ketishdi. Go‘yoki ko‘cha to‘liq asfalt qilingandek. Yaqinda Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoevaga yuklangan edi. Hurmatli Saida Mirziyoevadan ko‘chalarimiz to‘liq asfalt qilinishida amaliy yordam so‘raymiz” deya yozmoqda Xo‘jayli turg‘unlari.

Toshkentning Qoraqamish mahallasida esa 2 kundan beri ichimlik suvi oqib uvol bo‘lib yotibdi.

Ariza 2 kun oldin berilgan, nima avariya bo‘lsa suv uvol bo‘lib yotaverishi kerakmi?

Mutasaddilar chorasini ko‘rib muammoni hal qilib tuzatib ketishsin iltimos» deya yozmoqda Olmazor turg‘unlari.

Keyingi murojaat ham Olmazor tumanidan.

Toshkentning Olmazor tumani, Qoraqamish 2/1 dahasi suv bo‘yida piyodalar yo‘lagi qilinayotgan edi.

5 oydan beri to‘xtab qolgan, xavfsizlik choralari ko‘rilmagan.  13 metr joy chala qolgan. Kim bunga mas'ul o‘zi?

Olmazor tumani Hokimi qayoqqa qarayapti? Qo‘l ostidagi xodimlarni nazorat qilolmasa ketsin.

Hammayoq  o‘zboshimchalar bilan to‘lib ketdi. BSK qaramaydi. Tozalab qo‘ymaydi. Hamma narsani aholi hashar yo‘li bilan qilaversa, boshqaruv servisining nima keragi bor?

Hokimiyatning nima keragi bor?

2022 – yil beton qilishdi. Uyam chala qoldi. Indamadik, endi bunisi oshib tushdi.

Toshkent shahar hokimi o‘z vazifasidan foydalanib, Olmazor Qoraqamish 2/1 istiqlol mahallasiga keling ko‘zingiz bilan ko‘ring.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Sultonov, siz ham keling ko‘ring va mas'ullarga kerakli topshiriqlarni berib, nazoratga oling.

Olmazorni nazoratga olish qo‘linglardan kelsa kerak.» deya yozg‘irmoqda toshkentlik Eltuz obunachisi.

Va bugungi so‘nggi maktub Namangan viloyatidan. Yo‘laklardagi g‘ishtlar ko‘chirib olingan, ko‘cha chiqindi va axlatga to‘lib ketgan.   

«Assalomu alaykum, hurmatli  Eltuz. Namangan viloyati IIB xodimlari istiqomat qiladigan, Nodim Namangoniy ko‘chasidagi bu holatlarni nima bilan izohlash mumkin?

JANOB ShUHRAT ALIYeV  Namangan Ichki ishlar xodimlarining ahvoli shu bo‘lsa, qolganlardan nima kutish mumkin? O‘tirish joylardagi g‘ishtlarni ko‘chirib olib tashlanganligi, chiqindilar bilan to‘lib toshganligini rasmda ko‘rish mumkin. Xodimlarning farzandlariga e'tiborsizligi yoki mas'uliyatsizligi? Yoki  madaniyatsizligi bilan izohlash kerakmi?

Bu holatlarning oldini olishning iloji bormi? Davlat xodimlari boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak emasmi? O‘z mahallangizni qachongacha chiqindi bilan to‘ldirasiz?» deya yozmoqda Namanganning Ichki ishlar xodimlari yashaydigan ko‘chasida yashovchi fuqaro.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi murojaat edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 676 mingdan oshdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
31 mart 2017
Amnesty International tashkiloti 31 mart kuni «Qayda bo‘lma biz seni topamiz» deya nomlangan hisobotini chop qildi. Ayni hisobotida, inson ...
17 yanvar 2018
O‘tgan yili turli darajadagi hokimlarning zo‘ravonligi, so‘kong‘ichlari, qo‘l ostidagilarga bo‘lgan qo‘pol muomalasiga oid xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi bu haqdagi fikr-mulohazalar ...
3 avgust 2020
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi vaziyat yomonlashgan bir paytda Toshkent shahri hokimi bilan bog‘liq xususiy universitet to‘g‘risidagi davlat hujjatlari g‘azablantirmoqda. ...
12 noyabr 2018
Bugungi kunda o‘z maxsulotini mamlakat ichida muvaffaqaiyatli sotayotgan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ QKsi o‘z brendini turk kompaniyasiga boy ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...