Asosiy mavzular
4 noyabr 2024

Bahodir Fayzi: AQShdagi saylovlar natijasi o‘zbeklarga ham bog‘liq

5 noyabr kuni amerikaliklar prezidentlik saylovida ovoz beradi.

Nomzodlar Respublikachi sobiq prezident Donald Tramp va Demokratik partiyadan nomzod, vitse-prezident Kamala Harris.

Saylovlar Ukrainadagi urush, Yaqin Sharq inqirozi va Xitoyning ortib borayotgan ta'siri manzarasida o‘tyapti.

Prezidentlikka nomzodlarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasida qarashlari farqli.

Tramp prezident etib saylansa, urushni 24 soat ichida to‘xtatishini da'vo qilgan. Lekin, nimaning evaziga to‘xtatishini aytmagan.

Harris esa Ukrainani oxirigacha himoya qilishini bildirgan.

Hozirgi so‘rov natijalariga qaralsa, qarorsiz shtatlarda har ikki nomzod teng borayotganini ko‘ramiz.

Lekin, so‘rovlar nomzodning g‘olib bo‘lishini aniqlashga yordam beradigan ko‘rsatkich emas.

Ular saylovning yakuniy natijasini aniq bashorat qilib berolmaydi.

Masalan, 2016 yilda jamoatchilik fikri Hillari Klinton peshqadam ekanini ko‘rsatgan, lekin Klinton saylovni yutqazgan. Tramp g‘olib bo‘lgan.

Buning sababi – AQShda saylovchilar kollegiyasining ovozlari hisobga olinadi va bu ovozlar oddiy saylovchilar kayfiyatini aks ettirmaydi.

Bundan tashqari, AQShda qaysi partiyaga ovoz berishi oldindan ma'lum bo‘lgan shtatlar bor. Bular qarorli shtatlar.

Qarorsiz shtatlar ovozi doim o‘zgarib turadi. Prezidentlik uchun kurash aynan shunday shtatlarda kechadi.

Shunday shtatlardan biri Pensilvaniya shtati.

Bu shtatda berilgan bir-ikki ovoz ham kerak bo‘lsa u yoki bu nomzod taqdirini hal qilishi mumkin.

Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahrida yashovchi siyosiy tahlilchi Bahodir Fayzi buni bizga batafsil tushuntirib beradi.

Tag‘in o‘qing
29 dekabr 2019
«Karimov davrida hamma daraxtlar kesilib ketibdi. It yilida kesishga archa ham qolmabdi». O‘zbekistondagi ko‘plab tarixiy xiyobonlarga qiron keltirgan prezident ...
5 iyul 2024
RT: Mana azizlar bir oylik o‘tpuskadan qaytib yana siz bilan suhbatdaman.  MS: Og‘o nichiksiz. Nerlara bordingiz. Qidirishmo zo‘r bo‘ldimi? ...
28 fevral 2018
Militsiya generali, 69 yoshli Zokir Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi etib tayinlandi. 2005 yildagi Andijon qirg‘inidan so‘ng ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...