Catira
20 noyabr 2015

O‘zbekistonga kredit ajratishni to‘xtating!

Paxta kampaniyasini yuritayotgan koalitsiya bugun Jahon bankiga maktub yuborib O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamayotgani borasida o‘z havotirini bildirdi.

Hususan Jahon banki loyihalari doirasiga kiruvchi tumanlarda odamlarni mehnatga majburlash ko‘lami keng qamrov kasb qilgan.

«O‘zbekiston milliy qonunchiligi¸ xalqaro huquq va kelishuvlarning Jahon banki loyihalarini bajarish asnosida buzilayotganini diqqatga olib biz Jahon bankidan to‘lovlarni to‘xtatishni talab qilamiz. Toki hukumat Jahon banki loyihasiga kiruvchi tumanlarda majburiy mehnatga barham berilmaguniga qadar Jaxon banki O‘zbekistonga moliyaviy to‘lovlarni to‘xtatmog‘i kerak».

Maktubda ta'kidlanishicha, butun 2015 yil mobaynida O‘zbekiston hukumati fermerlarni tazyiq, qo‘rqitish yo‘li bilan rejani bajartirishga, fuqarolarni esa paxta normasini topshirishga majburlagan.

Bunday holat O‘zbekiston milliy qonunchiligi va majburiy mehnatga qarshi xalqaro konventsiyalarga tubdan ziddir.

O‘zbekiston hukumatining fermerlarni reja va kvotalarni bajarishini va fuqarolarni belgilangan normada paxta terishini talab qilishi amalda majburiy mehnatning aynan o‘zginasidir.

Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlariga ko‘ra, majburlash tushunchasi doirasiga kuch ishlatish¸ ruhiy bosim va talabni bajarmaagan shaxsning imtiyoz va huquqlardan mosuvo qilinishi ham kiradi.

Bundan tashqari hukumat o‘z fuqarolarini mehnatga majburlash ortidan paxta sotib foyda ko‘radi.

Qonun va kelishuvlarni buzgan holda majburiy mehnatni iqtisodiy rivojlanish yo‘lida qo‘llamoqda.

Maktubda ta'kidlanishicha¸ Xalqaro mehnat tashkilotining hukumat bilan hamkorlikda majburiy mehnatni monitoring qilgani noto‘g‘ri va samarasiz bo‘lgan.

Zotan O‘zbekistonda majburiy mehnat hukumatning o‘zi tarafidan amalga oshirilmoqda.

Hukumat XMT bilan hamkorlik qilish asnosida ko‘zbo‘yamachilik qilib dalalarda majburiy mehnat ko‘lamini yashirishga favqulloda va chandon urinmoqda.

Paxta mavsumi boshida hukumat odamlari o‘qituvchi va talabalardan “o‘z inonu ihtiyorim bilan paxtaga chiqdim” degan tilxat talab qilmoqda.
Bundan tashqari ular chet ellik kuzatuvchilarga “paxtani o‘z ixtiyori” bilan terayotganini to‘tiqushdek takrorlashga ham “o‘qitilgan”.
XMT kuzatuvchilarining yonida hukumat mulozimlarining turishi paxta terimiga majburlangan fuqarolarning shikoyat qilishi uchun ruhiy monelik hisoblanadi.

Fuqarolar shikoyat uchun shoshilinch telefon raqamlar borligini bilib turib ham o‘z noroziligini bildirishmaydi. Ular mulozimlar qasosidan qo‘rqishadi.
O‘zbekistonda majburiy mehnat ko‘lamini kuzatib hujjatlashtirgan faollar politsiya tarafidan hibsga olingani, kaltaklangani va qo‘rqitib taxqirlanganiga oid o‘nlab misollar mavjud. Masalan, 16 noyabr kuni militsiya huquq faoli O‘ktam Pardaevni hibsga oldi. Hujjatlar, kompyuter, fotoapparat kabi narsalarini musdoara qildi. Pardaevga yuklangan ayb uni uzoq vaqt panjara ortida qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu esa o‘z navbatida XMT ning majburiy mehnat borasidagi axborot olish imkonini cheklaydi.

O‘zbek hukumatining majburiy mehnatni davom qildirayotgani va Jahon banki loyihasi doirasiga kirgan tumanlardagi vaziyatni kuzatayotgan faollarga nisbatan kuch qo‘llagani o‘zbek mulozimlarininng Jahon banki bilan kelishuv shartlarini buzganidan dalolat.

Paxta kompaniyasini yuritayotgan koalitsiya bugun Jahon bankiga maktub yuborib O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamayotgani bois to‘lovlarni to‘xtatishni talab qildi.

Toki hukumat Jahon banki loyihasiga kiruvchi tumanlarda majburiy mehnatga barham berilmaganiga qadar Jaxon banki O‘zbekistonga barcha moliyaviy to‘lovlarni darhol to‘xtatmog‘i kerak.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 oktyabr 2020
Rassom Tuz
4 dekabr 2023
Nihoyat O‘zbekistondagi qo‘shiq shinavandalari qalbini larzaga solayotgan shou tomoshalariga navbat yetib keldi – Eltuzning qattiq Iks faktori yoki X-Faktor pagonlarga ...
12 iyun 2017
Aholini parrandachilik, chorvachilikka keng jalb etish, tomorqalarda issiqxonalar yaratishga undash O‘zbekistonda endigina hukmronlikni qo‘lga olgan Shavkat Mirziyoevning ilk tashabbuslaridan ...
27 yanvar 2020
Bugungi zamondagi o‘zbekning qo‘llari qarsaklardan qavarmaydigan bo‘lib ketdi. Aslida ilgari ham millatimizning qo‘li qarsaklardan qavarmagan.  Inqilobgacha bo‘lgan davrda xalqimiz ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...