Catira
5 yanvar 2016

Yangi rassomimiz Elsevar

Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi TUZ redaktsiya topshirig‘i bilan Buxoroga yo‘l olib yangi hamkasbi bilan yaqindan tanishib qaytdi.

Rassom TUZ: Mashinamga o‘tirib Namangandan Buxoroga qarab yo‘lga chiqdim. Hazil uchun mashina oynasiga “Rassom TUZ safarda” deb yozib qo‘ydim. Bu narsa yo‘ldagi patrul hodimlarida ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Darrov xodalarini ko‘tarib menga yashil chiroq yoqishdi. Ba'zi militsiya hodimlari Eltuz nashridagi karikaturalarimni ko‘rgan ekan, yelkamga qoqib “barakalla” deb ham qo‘yishdi.

Hullas yangi yilning ikkinchi kuni Buxoroga yetib bordim. Havo 10 daraja issiq. Quyosh nurida minoralar yaraqlab ko‘rinadi. Yangi rassomimiz Elsevarning ustaxonasi turistlar bilan gavjum eski shaharda ekan. Rassom chizgan miniatyura va akvarel etyudlari turistlar diqqat markazida.

  • Tirikchilikdan nolimayman. Lekin hayot faqat bir burda nondan iborat emasku. Shu bois Elsevar ismi bilan beozor karikaturalar chizishni ma'qul ko‘rdim, deydi rassom.

Nega Elsevar degan taxallus bilan ijod qilasiz, degan savolimizga rassom miyig‘ida kulib javob berdi:

-Bu arzimas mehnatim xalqimiz ravnaqi, pokligi uchun. Nazarimda o‘z madaniyatini, xalqini, vatanini sevmasdan o‘zgani, boshqalarni sevib bo‘lmaydi. Vatanni sevmoq imondandir (hadis). Shuning uchun Elsevar deb imzo qo‘ydim rasmlarga.

Karikatura men uchun so‘z va ifoda erkinligi, hamda muammolarga e'tibor qaratish vositasi. Lekin karikatura ko‘ngil ochish vositasi emas. Man O‘zbekistonni rivojlangan jamiyatlar qatoridan o‘rin olishini istayman. Bir xalq bo‘lib shakllanishga halaqit beradigan illatlar – korruptsiya, guruhbozlik, jaholat, ma'naviy qashshoqlikni hajv qilaman. Bu beozor hazillarim ma'qul bo‘lsa mamnun bo‘lardim, dedi yangi rassomimiz Elsevar.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 dekabr 2024
RT: Xafta mersedes bens g‘ildiragi kabi zuv etib aylandi; MS: Bugun beshlangji gun. Ullini ulli guni. Nichiksizla mo‘chchi apika ...
7 avgust 2020
25 iyul kuni qirg‘izistonlik huquq himoyachisi Azimjon Asqarov pnevmoniya bilan kasallanishi oqibatida qamoqxonada vafot etdi, ammo o‘lim sababi aslida ...
9 aprel 2020
Pandemiya tezda o‘tib ketadi, men hech narsa qilishim shart emas, deb xayol qilayotganlar bo‘lsa, quyidagi ma'lumotlar ularga tahlil uchun ...
27 fevral 2019
«O‘zbekkontsert» «Bravo» va Halimaning litsenziyalarini bekor qilibdi. Hechqisi yo‘q, «O‘zbekkontsert»ning 3-4 ta tadbirida bepul qatnashib berishsa, sekingina hech kimga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...