Tramvay bahona 20 million dollar o‘marildi
Bundan 5 yil oldin Toshkent shahar xokimligi Chexiyadan 20 ta tramvayni donasiga bir million AQSh dollari to‘lab sotib olgan edi. Eltuz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha Toshkent hokimiyati 250 ming AQSh dollari turadigan tramvay uchun to‘rt marta katta narx to‘lagan. 2012 yili Toshkent xokimiyati 20 tramvay uchun 19 mln 800 ming dollar harjlagan.
Toshkentda 22 apreldan tramvaylar harakati to‘xtatilgan. Markaziy depolarning o‘rni ham sotilmokda. Eltuz.com dagi mavjud hujjatga kura,
Hokimiyatdagilar uchun shirin kalima bo‘lgan “Otkat” tramvay oldi sottisida o‘zining samarasini ko‘rsatgani aytiladi.
O‘g‘rilar doimo jinoyat izini yashirishga urinishadi. Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov ham tramvaylarni yo‘q qilib o‘g‘irlikni bekitishni reja qilgan.
20 tramvay sotib olib “otkat” yeyish degan “fokus-mokus” Toshkent tsirkining yangi nomeri emas, balki hokimiyatning korruptsion sxemasi ekanligini Rassom Tuz fosh qiladi.
Eltuz.com