Catira
24 may 2016

Hokimni bir urib yiqitgan Bahodir

Buxoroning so‘kong‘ich hokimlaridan birini majlisda bir urib yiqitgan olotlik fermer Bahodir Sharipov nomi elga ovoza bo‘ldi.

Ayrim manbalar, hususan Ozodlik radiosi, fermerga birinchi bo‘lib musht ko‘targan Olot hokimi Sherali Salomovning ilgaridan og‘zi shaloqligi va uning fermerlardan ilk bor kaltak yeyishi emasligini bildiradi.

Ayni majlisda janjal, fermerning “saqich chaynab” o‘tirganidan boshlangan.

Keyin hokim fermerni onasini ag‘darib so‘kkan va fermerni tepaga olib chiqib ura boshlagan.

Polvon yigitlardan bo‘lgan Bahodir ham qarsillatib hokimning qulog‘ini tagiga tushirgan va hokim gup etib yerga yiqilgan.

Hokim Sherali Salomovning bu zarbadan nakaut bo‘lganmi yo‘qligi noma'lum, biroq uni urib yiqitgan Bahodir Sharipovning sakkiz sutkaga qamalgani rost.

Ayni voqealarni aks ettirgan rassom Eltuz hajviy suratini suratini Eltuz.com nashri e'tiboringizga taqdim etadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2016
Bank mas'ulining aytishicha, ayni paytda «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan berilgan bank plastik kartochkalari soni 1 milliondan oshib ketgan. «Plastik kartochkalar naqd ...
19 oktyabr 2015
Eltuz manbalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha hozircha uchta maktab o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilgani haqida aniq ma'lumotlar bor. Bular Oltinko‘l tumani, ...
9 dekabr 2023
Aziz vatandoshlar, Barchangizni 2023 yil 9 dekabr, Shanba kuni, soat 16.00-20.00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati ...
3 may 2023
1997 yil 3 maydan buyon har yili matbuot erkinligiga munosib hissa qo‘shgan insonlar YuNYeSKO tarafidan mukofotlar bilan taqdirlanadi. Biroq ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...