Erdo‘g‘on kremldan uzr so‘radimi yo so‘ramadimi?
Turkiya prezidentining so‘zchisi Erdo‘g‘on Ibrohim Qalin vaziyatga oydinlik kiritdi:
“Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgan maktubida hech qanday kechirim so‘rash mavjud emas”, — deya e'lon qilgan prezident matbuot kotibi Ibrohim Qalin. – Turkiya rahbari faqatgina halok bo‘lgan rus uchuvchisi oilasiga hamdardlik bildirgan va afsuslanishini aytgan”.
Qalin shuningdek, Erdo‘g‘on o‘z murojaatida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi an'anaviy do‘stona munosabatlarni tiklashga, mintaqaviy inqirozlarni hal qilishda hamdo‘stlikka va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikka chaqirganini ta'kidlagan.
Dushanba kuni Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on, prezident Putinga bir maktub yo‘llab, hodisa uchun uzr so‘ragani xabar qilingandi.
Ayni paytda maktubda Erdo‘g‘onning «kechirim» so‘zini ishlatmagani, balki uchuvchining oilasiga murojaat qilib, «ko‘ngillariga olmasinlar» (‘kusura bakmasinlar’) qabilida hamdardlik izhor qilgani o‘rtaga chiqqan.
Eltuz.com