Catira
30 iyul 2016

«Ishtoni yo‘q – tizzasi yirtiqqa kulibdi…»

Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbek segmentiga xos illatlardan biri, biror maqolada millat turmushidagi nuqsonlar tanqid qilinayotgan payt, chet ellarda bundan yomonligiga oid, ba'zan mutlaqo asossiz iddaolarning urchishida ko‘zga tashlanadi.

Masalan Latofat Nadirova ismli feysbuk yuzeri Eltuz.com nashri sahifasidagi, paxta terimida mashina terimining yo‘qligi haqidagi maqolaga yozgan izohida ochiqdan ochiq haqoratga o‘tib Iroq, Suriya va Falastinni ayblaydi:

«E sen isqirt jalab qishloq bilan nima ishing bor ? Birovni oilasiga hayotiga burningni suqma ifloslar . Qara nima qildinglar Iroqni ,Suriyani Falastinni….. yosh bolalar ulib ketyapdi (orfografiya saqlangan).

Bu mamlakatlardagi voqealarning O‘zbekistondagi paxta terimiga nima dahli borligiga izoh bermasdan «Paxta terib hech kim o‘lmayapti, lekin senlar tirik odamlarni so‘yayapsanlar» deydi u.

Toshkent propiskasiga oid maqolaga nashrning feysbukdagi sahifasida izohlar qoldirgan Otash Tashkentskiy nikidagi yuzer esa, muammo bir yoqda qolib, tag‘in material mualliflarining kelib chiqishini kovlaydi:

«Sila tinchligimizi ko‘romidigan qora dog‘sila. SILA O‘ZI QATTA JOYLAShKANSILA ???» deya yozg‘iradi u Eltuz tahririyatiga.
«PODIShOXING JOXIL BULSA XAM SADOKATLI BULINGLAR,diyilgan xadista» – deya yozadi Odil Ganiboev niki ostidagi yuzer o‘zbek hukumatitning johilliklarini oqlamoqchi bo‘lib.

«…bizni kuch bilanmas targibot intirnet orkali yengib miyani zaxarlamokchi uzimizi uzbeklar,siz lar uchun yomon bulsa bizlar uchun bu vatan mukadas,iltimos vatanimizga loe otmela, silaga yokmasa bizga aziz vatan bu vatan tomi eski xovlimizi boriga shkur» mavzuni chetga burishda davom etadi Ganiboev.

«Qanday gapirsam shunday yozaman» turkumidagi izohlarda Eltuz mualliflari sha'niga haqoratli so‘kishlar ko‘p uchrashini urg‘ulash lozim. Uyi ta'miri harajatlarini to‘liq hukumat to‘lab bergan Dilshad Abdurahimov ham o‘z izohini uyat so‘kishlar bilan boshlaydi:

«K|…|mmi yepti mashu postti yozgan xammasini duvlatti uzi kibervotti da bir yo tarafini kibervotti no tekinga man aeroport 3 ta turaman polnыy maxallami aylantirip chikishti xichkimga xishtama dimastan kanechna uzbechili bizani buynimizdan olib mamini kil tozala dimasa uzimiza kimiza mashnakkib chiroyli b.b kovotti»

«Men o‘z vatanimni yumuq ko‘zlarim, egik boshim va yopiq og‘zim bilan sevishga o‘rganmadim. Men inson o‘z mamlakatini tushungan taqdirdagina foydasi tegadi deb hisoblayman, so‘qir sevish davri o‘tdi, endi biz vatanga eng avvalo haq so‘z uchun kerakmiz» degan edi XIX asrda yashab o‘tgan rus faylasufi Pyotr Chadaev.

Tanqidiy maqolalardan g‘azablanayotganlar, indamaslik bilan o‘z mamlakatlaridagi korruptsiya, qashshoqlik, qoloqlik illatlariga yo‘l ochib berisharkan, o‘zlarini vatanparvar deya o‘ylashadi.

Eltuz.com nashri ayni mavzuga oid muammoga javob tariqasida rassom Kirpining navbatdagi suratini taqdim qiladi.

«Odam dunyoning allaqaeridagi tizzasi yirtiq haqida emas, o‘z ishtonining yo‘qligi haqida o‘ylagani ko‘proq ma'qul» , deydi rassom.

O‘z muammolari haqida mutlaqo indamaslik, tanqid qilganlarni esa haqoratu bo‘xtonlarga ko‘mish, dushmanlarni chet ellarda yurganlar orasidan izlash, tobora bugungi o‘zbek jamiyati zehniyatining ajralmas qismiga aylanmoqda.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2017
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani ustalari «Ferrari» avtomobilining nusxasini yaratishdi. Eng qizig‘i, unga «Zaporojets» avtomobili motori o‘rnatilgan. «Eltuz» nashrining Urganchdagi ...
12 mart 2018
Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi aksariyat davralardagi gurungning mavzusi bo‘ldi. Zero, uzoq yillar bir-biridan uzib qo‘yilgan qardosh xalqlarning qayta yaqinlashuvi ...
15 dekabr 2020
2016 yil avgustigacha prezident Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyining oxirlarida hibsga olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov ...
30 mart 2018
1988 yili Toshkentda bir necha kun davom etgan ko‘rgazma tomoshasiga uzundan-uzoq navbatga turishganini eslayman. Men jurfakda o‘qirdim va bir ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...