Catira
4 avgust 2016

O‘z TV Abdullajonni sunnat qildi

O‘zining mashhur «Abdullajon» filmi bilan tanilgan o‘zbek kinorejiseri Zulfiqor Musoqov o‘zining feysbudagi sahifasida Televidenie orqali tsenzura qalingan filmi yuzasidan yozgan ochiq xatini e'lon qildi. Bunda u O‘zbekiston Milliy teleradioshirkati raisi Alisher Jo‘raqulovich Xo‘jaevga e'tirozlarini bildirib, vandalizm sababini so‘radi.

rasm1757
Taniqli kinorejisser o‘z ochiq xatida tsenzuraga uchragan filmini tiriklayin qo‘li va oyog‘i chopilgan bolaga o‘xshatadi.

Musoqovga ko‘ra, 11 iyul kuni O‘z TV orqali namoyish qilingan “Vatan” filmining 8 epizodi kesib tashlangan.

Ma'lum bo‘lishicha ayni kinochining “Abdullajon” filmi ham “sunnat” qilingan tarzda namoyish qilinmoqda.

Taniqli qiziqchi Obid Asomovga ko‘ra o‘zbek mulozimlari kino qirqishga usta bo‘lib ketishgan:

«Alpomish degan ajoyib film olingan. Filmning boshida, oxirida umumiy hisobda 7-8 minutlik rol o‘ynaganman. Shu filmni ko‘rsatib turishadi bayramlarda, lekin mening joyimni qirqib tashlashadi. Bolalarim “Ada, sizni yana ko‘rsatmadi” deb qo‘yadi.

Obid Asomov suxbat davomida, taqiqning g‘alati jixatlariga xam to‘xtab o‘tadi. Masalan, u o‘zi ishtirok etgan filmlardagi epizodlar qirqib tashlanganidan xayratlansa, xorij filmlariga bergan ovozi bemalol efirga uzatilayotganidan mamnunligini aytadi.

«Alpomish» degan kinoda (mana shuncha joyida) o‘ynab qo‘yganman. Kinoni boshida, o‘rtasida va oxirida borman. …. o‘sha film Navro‘zda, Mustaqillikda qo‘yiladi, men o‘ynagan joylarini olib tashlashadi. Meni joyim yo‘q. Meni joyimni qirqib tashlashadi. Lekin, titrlarda borman. «Xovliqma rolida — Obid Asomov» degan yozuv bor. Basharam esa yo‘q. Lekin ovozim ketadi. Multfilmlarda, kinolarda. Masalan «Odin doma», Mirzabek bilan ovoz berganmiz, «Fantomas»ga ovoz berganmiz. Ovozim ketadi.

Xudoga shukur, hech bo‘lmasa ovozim ketyaptiku, deb qo‘yaman. Lintsenziyam bor, lekin chiqarishmaydi. Nega?…Bu savol xammani qiziqtiradi. Shu jumladan meni xam» degan edi besh yil davomida bergan ilk intervyusida, Obid Asomov.

«Xalqaro festivallarning oltita mukofotini qozongan, 11 yil davomida butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar muhabbatini qozongan film bunday namoyishdan keyin, tiriklayin qo‘li va oyog‘i chopilgan bolaga o‘xshab qolgan. Qanday noadekvat va yovuz odam qilgan bu kabi vandalizm aktini?» deya savol bilan yuzlanadi filmi tsenzuraga uchragan O‘zTV raxbariyatiga Zulfiqor Musoqov.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 sentyabr 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Xorazm  viloyatlaridan kelgan. ...
19 yanvar 2016
18 yanvar kuni ertalab soat 10 da tuman xokimligiga chaqirilgan Shirin Tursinovani hokimlik binosida, xokim G‘ofur Qarshiboevning muovini Fotima ...
18 avgust 2018
Shveytsariya federal yig‘ini Shveytsariya federal kengashi Tashqi ishlar federal departamenti (TIFD) Adliya va politsiya federal vazirligi Aktivlarni qaytarish bo‘limi, ...
17 sentyabr 2018
Bir vaqtlar Islom Karimov nonning narxini oshirmaymiz, deb katta va'da bergan, lekin keyinchalik ko‘p bora kuzatilganidek, o‘z va'dasining ustidan ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...