O‘zbekistonda torga taqiq (video)
Davlat tadbirlarida tor chalinmasligi lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilganini aytgan Ozodlik radiosiga ko‘ra, O‘zbekistonda tor chalish bo‘yicha maxsus ta'lim to‘xtatilgan va tor o‘zbek milliy cholg‘u asboblari reestridan chiqarilgan.
Ayni paytda, O‘zbekiston Madaniyat va sport vazirligi mutasaddilari, Torning o‘zbek milliy cholg‘u asboblari ro‘yxatida yo‘qligini, uning o‘zbek milliy cholg‘usi emas, balki Ozarbayjon milliy cholg‘u asbobi ekanli bilan asoslashga urinishadi.
2012 yili Ozarbayjon cholg‘usi sifatida YuNYeSKOning ro‘yxatiga kiritilishi ortidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tor chalish darslari to‘xtatilgan.
O‘zbekistonda ayni milliy cholg‘uga tabu qo‘yilishi bilan bog‘liq mantiqsiz vaziyatni yangi karikaturasida ifoda etgan rassom Adolat, eltuz.com nashriga bu yuzadan chuqur taassuf bildiradi.
«Agar, YuNYeSKO o‘zbek milliy cholg‘usi sifatida ro‘yhatga olmagan cholg‘ularning baridan voz kechsak, o‘zbek musiqasining naqadar nochor ko‘rinishini faqat tasavvur qilish mumkin», deydi u.
Rassom Adolat
Eltuz.com