Catira
12 sentyabr 2016

Hokimiyatga «buldozer» bilan kelgan Mirziyoev

Bosh Vazir Shavkat Mirziyoev o‘zining mushtumzo‘rligi bilan, shuningdek, Toshkentdagi aholi uy-joylarini, garajlarini buzish, poytaxt aholisini ommaviy tarzda shahar chekkasidagi narxi arzon uylarga ko‘chirish amallari bilan el orasida «buldozer» nomini qozongan.

Ayni shu yo‘l bilan u nihoyat hokimiyat tepasiga keldi. Undan ilgari Shavkat Mirziyoevning Islom Karimov maqbarasi uchun joy ochish uchun qabristonga buldozer solgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘ldi.

Feysbukda qoldirilgan izohlarda har bir buzilgan qabr ortida odamlar xotirasi, fojiasi, va taqdirlari qolgani haqida gap bordi.

«Chorraha mavzeida yashaydigan bir do‘stim telefonda yig‘lab yubordi. Otasining qabrini buzib tashlashibdi» deya yozdi FB yuzerlaridan biri.

Asli kelib chiqishi samarqandlik, Karimov tabiatini yaqindan biluvchi keksa jurnalist Jahongir Mamatov yuzdan ortiq qabrlar buzilgani, marhum prezidentning o‘zi esa uni hech qachon Samarqandga dafn qilishlarini istamaganini aytadi:

«Agar u Samarqandga ko‘milishni istaganida oldinroqdan ota-onasi yotgan Xo‘ja Xizir mozorligi(Shohi zindaning orqa qismida)ni obod qilardi. O‘ziga joy hozirlab qo‘yardi.

U poytaxt Toshkentda Chig‘atoy qabristoni kiraverishida yoki Xasti Imom atrofida ko‘milishni istagan. Joylar ham hozirlangan. Toshkentdan kelgan xabarga ko‘ra, uni Samarqandga surgun qilish qarori IAK o‘lgandan keyin olingan. Bu esa saylovdan so‘ng ko‘p o‘tmay uning yo‘lini keskin qoralash boshlanishiga ishora bermoqda. Boshqa belgilar ham bor».

Prezidentning o‘limidan so‘ng mamlakatda yuzaga kelgan kollaps, Davlat siyosiy doirasidagi birinchi shaxslar tomonidan Konstitutsion normalarning buzilishi avvalida respublikaga Rossiya federatsiyasi raxbari Putinning kelib aynan Shavkat Mirziyoev bilan uchrashishi ham hosiyatsiz bir belgi sifatida sharxlanmoqda.

Rassom Adolat
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqand viloyatiga borganida Bulung‘ur va Nurobod tumanlari hokimlari, tuman prokurorlari, tuman davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari ...
15 iyun 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni kutilayotgan navbatdagi prezident sayloviga ...
27 aprel 2017
Prezident Mirziyoevning tabiiy gazni sotishni xususiy operatorlarga o‘tkazishga oid hujjatni imzolashi ortidan, o‘zbek matbuotida bu qarorni olqishlovchi materiallar paydo ...
27 oktyabr 2023
Azizlar mana xafta aylanib yana sizni yo‘qlab turibman. Xabar oldingmi bemordan, qarindosh, do‘st, musofirdan? Birovni yo‘qlasang dildan, ziyorat ham ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...