Catira
22 sentyabr 2016

Paxta terimida «ko‘ngilli qatnashish» tilxati – erksiz terimchilarni tag‘in mazax qilish

Qishloq xo‘jaligidan yiroq turli kasbdagi odamlar, nafaqat o‘z oilasi va ishini tashlab dalaga chiqishi, balki bu haqda gapirmasliklari, shikoyat qilmasliklari va ter to‘kib ishlashlari lozim. Yalqovlik va paxta tera olmaslik, shuningdek paxtadan qolganlik pulini to‘lamaslik, ishdan yoki o‘qishdan haydalishga sabab bo‘lishi mumkin.

rasm3061
SamDU talabalardan dekani nomiga yozdirib olinadigan tilxat nusxasi

«Men 2016 yil paxta yig‘im terimida muntazam qatnashishga, kuniga 80 kilogrammdan paxta terishga, va paxta mavsumida belgilangan tartib qoidalara to‘liq amal qilishga kafolat beraman. Yuqoridagi shartlarni bajarmasam, talabalar safidan ketishga roziman»

Bu Samarqand Davlat Universiteti talabasining, 2016 yil 9 sentyabr kuni dekan va dotsent Sh.U. Umidullaev nomiga yozgan tilxatidir.

O‘zbekistonda paxta terimi avjiga chiqqan shu kunlarda, bu kabi tilxat va kafolat xatlari talabalardan va turli davlat muassasalari xodimlaridan yig‘ib olinmoqda. Toki bu erksiz terimchilar, agar ishdan yoki o‘qishdan haydalishsa, birinchi galda o‘zlari aybdor bo‘lishlarini bilib qo‘yishsin.

Bu videotasvirlarda Qo‘qon shahar poliklinikasining katta hamshirasi Aliya Madalieva poliklinika xodimasiga majburiyat-xatini yozdirmoqda. Uning yonida, bosh egib, bo‘ysungancha, uning gaplarini qog‘ozga tushirmoqda: «Agar men kuniga 50 kilogrammdan paxta termasam, ko‘ngilli ravishda ishdan ketish haqida ariza yozaman. O‘z qo‘lim bilan yozdim».

«O‘sha kuniyoq ishdan ketasan», deydi u qahr bilan, qo‘li ostidagi ishyoqmas xodimasi qo‘lidan, intizom va astoydil ishlash kafolati bildirilgan xatni olarkan.

O‘zbekistonga zarur bo‘lgan strategik hom ashyo, oddiy odamlarning ahloqiy xo‘rligi va moddiy ziyoni evaziga bo‘lsa ham terib davlatga topshirilishi kerak.

So‘nggi bir necha yil davomida o‘zbek mulozimlari, kuz kelishi bilan talabalar va turli kasb egalarining paxtaga chiqishlarini inkor etishmaydi, biroq, ularning stsenariyasiga ko‘ra, odamlar ko‘ngilli ravishda, qo‘shimcha pul ishlash uchun terimga chiqishadi.

Ularning bu tasdig‘i yolg‘on, chunki kundalik paxta normasini terib berish haqidagi tilxatni ko‘ngilli terimchilardan hech kim talab qilmagan bo‘lardi.

Shu yilning 14 sentyabrida, Jizzax shahridagi hususiy do‘kon xizmatchisi va militsiya xodimi o‘rtasida bo‘lgan quyidagi dialog, O‘zbekiston paxta sektoridagi ta'magirlik va majburiylik tizimi davlat siyosati darajasida saqlanayotganini anglatadi.

Audio yozuvda, o‘zini Laziz Fayziqulov deya tanishtirgan militsiya xodimi, tadbirkordan do‘konni yopishni va paxtaga chiqishni talab qiladi. Tadbirkorning bunday talab qanchalik qonunga muvofiqligi haqidagi savoliga javoban, Fayziqulov majburiy paxta terimiga chiqish haqidagi buyruqni prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev bergani va uning ijrosi majburiy ekanini aytadi.

Laziz Fayziqulov: Qachon chiqasan (paxta terimiga)?
Tadbirkor: Chiqa olmayman men, unda kim ishlaydi? Men axir soliq to‘layman. Tadbirkorlarga ha bu hech bir aloqasi yo‘qku paxtani?

Laziz Fayziqulov: (kuladi) Qanday aloqasi..?
Tadbirkor: Agar men paxta terishga chiqsam, soliqni qanday to‘layman? Tadbirkorlarga axir xaliqit bermaslik kerak.

Laziz Fayziqulov: Kechirib qo‘yibsan.. Bu davlat siyosati. Hususiy tadbirkorlik kecha paydo bo‘ldi. Paxta mustaqillikning 25 yilidan beri davlat siyosati hisoblanadi.

Tadbirkor: Mehnat Kodeksi degan tushuncha bor. Men majbur emasman…

Laziz Fayziqulov: (do‘q qilishga o‘tadi). Sen majbursan! Majburi tartibda (paxta) terimga chiqasan . Sen shu mahallada yashaysan, shuning uchun ham paxtaga chiqasan. Sen majbursan! Sen chiqasan! Sen shu davlatda yashaysanmi, paxtadan bo‘lgan kiyimni kiyib yuribsanmi…

Tadbirkor: Bu qaysi qonunda yozilgan? Konstitutsiyaning qaerida yozilgan?

Laziz Fayziqulov: Bu Bosh vazirning buyrug‘i. Tushunasanmi? Prezident vazifasini bajaruvchining buyrug‘i. Sening haqqing yo‘q bu buyruqni bajarmaslikka.

Tadbirkor: Unda buni qonunchilikka kiriting. Men buni bajarmayman. Buyruqni ko‘rsating. Buning hammasi og‘zaki gaplar…

Laziz Fayziqulov: Og‘zaki buyruq ham buyruq! U holda sen terimga chiqmayman, buyruqni bajarmayman deb yozib berasan. Ko‘ramiz. Sen kimni provokatsiya qilayapsan. Sen majbursan, tushundingmi? Majbursan!!

Tadbirkor: Men majbur emasman. Men erkin insonman.

Laziz Fayziqulov: Sen chiqasan! Bu yerda agitatsiya qilma, aksincha, sen O‘zbekiston bilan bo‘l, qo‘shnilarni terimga da'vat qil, ular ham chiqishsin paxta terishga. Agar o‘zing chiqmasang, ko‘tingni qis va boshqalarni agitatsiya qilma, tushundingmi? Sening haqing yo‘q boshqalarni agitatsiya qilishga, paxtaga chiqmanglar deb! Sen kimsan o‘zi? Patsan… Seni hukumatning buyrug‘ini bajarmaslikka haqing yo‘q!

Eslatib o‘tish joiz – ommaviy paxta terimiga majburlash bilan bir vaqtda Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) o‘zbek mulozimlari bilan birgalikda O‘zbekistondagi mehnat qonunchiligi ijrosi ustidan monitoring o‘tkazishmoqda.

Bu qo‘shma monitoringning ajablanarli tomoni shundaki, majburiy mehnatni tashkil etgan amaldorlarning o‘zlari o‘zlarini tekshirishadi, XMT vakillari esa, o‘z dasturlarini boshlashganiga uch yil bo‘libdiki, majburlashning bu jinoiy mashinasi aslida qanday ishlashini tushunisholmaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 dekabr 2016
O‘zbekistonda Karimov o‘rniga prezident bo‘lib Shavkat Mirziyoevning saylanishi, jamiyatdagi oliy mansabdor shaxsini ulug‘lash ritorikasini o‘zgartirmadi. Bu og‘riqli muammoni aks ...
14 aprel 2020
O‘zbekiston hukumati “Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini e'lon qildi. ...
2 avgust 2019
Bir guruh o‘zbek faollari 25 iyul kuni AQSh, Yevropaning qator mamlakatlari va O‘zbekiston hukumatlaridan Gulnora Karimova va uning noqonuniy ...
Bloglar
27 yanvar 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi filmda buldozer daraxtzorni surib tashlaydi va ...
18 yanvar 2021
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, yaqin-yaqin zamonlarda yot bosqinchilarning yuz yildan ko‘proq ...
13 yanvar 2021
Kun.uz professionallarni ishga qabul qilar emish. Katta maosh, ikki mahal ovqat. Sihatgohning o‘zi-ya! Bunday ishxonani ...