Catira
28 sentyabr 2016

O‘zbek imomlari paxta tashviqotiga jalb etildi

Ba'zi imomlar, hattoki, paxta terish har bir musulmon uchun «vojib amal» deya hukm chiqargan, shu bilan birga, Ozodlik radiosi aksar masjidlarda namozxonlardan paxta terimi uchun pul ham yig‘ilayotganini bildirdi.

Ayni holatni Eltuz.com nashrining uchala rassomi – Tuz, Adolat va Elsevar birgalikda aks ettiradi.

rasm1929

Rassom Adolatxonning salla o‘ragan qahramoni «yuqori»ning birgina ishorati bilan «Paxta yig‘im-terimi har bir muslik va muslima uchun farzdir…» degan yangi aqidani takrorlaydi.

rasm1928
Rassom Elsevar esa Masjidda ikkita e'son qutisi paydo bo‘lganini aks ettirgan…

rasm1931

O‘z navbatida mavzuni davom ettirgan rassom Tuz qahramonlari imomning «Paxta terganlar jannatga tushadi!» degan da'vatiga javoban «Do‘zax azobini dalada ko‘rganimiz uchunmi, domla?» deya yuzlanishadi.

Hukumat va mahalliy din peshvolari xalqni terimga da'vat qilayotgan bir paytda Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda xalqning ommaviy paxtaga safarbar etilishini majburiy mehnat deya qoralab keladi.

Rassomlar: Tuz, Adolat, Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 avgust 2016
Rio de Janeyroda o‘tgan bu yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbek sportchilari O‘zbekiston tarixida eng ko‘p medal qozonishdi. Rio Yozgi ...
7 fevral 2019
Toshkentda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 5 fevral kuni «Buyuk kelajak» tashkiloti tashabbusi bilan «O‘zbekistan-2035» ikkinchi xalqaro forumi o‘z ...
5 oktyabr 2017
Prezident Mirziyoev 30 sentyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonda, mamlakat bo‘ylab bog‘chalar sonini ko‘paytirish, maktabgacha ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...