Catira
21 noyabr 2016

«Er kerakmi, yer kerak?»

rasm2012Rassom Tuz o‘zining navbatdagi karikaturasida Shavkat Mirziyoevga yordam so‘rab murojaat qilayotgan o‘zbek yoshlari zehniyatiga nazar tashlaydi.

Bosh vazir virtual qabulxonasiga oyligini oshirishini so‘rab murojaat qilgan toshkentlik Ibroximov Shohjahon buning sababini «Kota bo‘lib qolgani» yaqinda, dekabrda «toyi» bo‘layotgani bilan izohlaydi, shuningdek, Malayziyaga asal oyi uchun bilet sovg‘a qilishini so‘raydi.

«Axir biz mustaqillik farzandlarimizayu» deya izohlaydi u.

rasm2013Shahrisabzlik Zuhroxon ismli 28 yoshli ayol esa, unga «kelishgan, chiroyli, o‘qimishli, oilasiga mehribon, sog‘lom, moliyaviy tomonlama hamma narsasi bor» er kerakligini aytib Virtual qabulxonaga murojaat qilgan.

U bo‘lg‘usi turmush yo‘ldoshini Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning shogirdlari orasidan izlayotganini yashirmaydi.

Buning sababini  u chevar, «zamon talablariga mos kiyimlar tikadi», pazanda, «o‘ziga yarasha iffati, go‘zalligi ham bor, qaddi qomati kelishgan, tabiatan mehribon, jiddiy qiz» ekani bilan izohlaydi

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning xalqni tovuqboqar qilish tashabbusi olg‘a surilganiga ham bir jo‘janing tuxum qilish yoshiga yetishidan ko‘ra ko‘proq ...
4 sentyabr 2017
Bu maqolani Aripov Bosh vazir qilib tayinlangan 2016 yilning 12 dekabrida yozgandim ammo yangi odamga shans beraylik, eski gaplarni ...
31 mart 2021
27-28 mart kunlari tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida O‘zbekistonning tog‘li hududlarida odamlarning uylari, mashinalari va chorvasini sel oqizib ketdi. Bu ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...