Pora berish roddomdan boshlanadi
«Eng katta poraxo‘rlik tug‘uruqxonalarda. Poraxo‘rlikni hayot normasi deb qabul qila boshlashdi», dedi Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni o‘tkazgan majlisida.
Tibbiyot muassasalaridagi muammolarga bag‘ishlangan bu yig‘ilishda prezident sog‘liqni saqlash vazirini ham, uning o‘rinbosarlarini ham rosa «po‘stagini qoqqan».
Prezidentning raxbarlarni so‘kishi xalqqa yoqadi, biroq korruptsiya, so‘z erkinligi yo‘q mamlakatlarda ko‘proq rivoj topishi ma'lum.
Biroq, hukumatning jurnalistlarga erkinlik bergani hech bir shaklda kuzatilmayapti.
«Korruptsiyani yengishni istaysizmi? Buni uchta do‘stingizni qamashdan boshlang»- degan edi Singapur «iqtisodiy mo‘'jizasi» muallifi Li Kuan Yu.
Balki, shu ma'noda Shavkat Mirziyoev o‘zining eng yaqin a'yonlariga zehn solishi lozimdir?
Rassom Tuz
Eltuz.com