Catira
15 fevral 2017

Toshpo‘lat-tajang uchun muz saroyi

Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan Toshkentda Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishgan joyda ko‘pfunktsiyali unikal Muz saroyi quriladi.

Xabar qilinishicha, inshootning me'moriy g‘oyasidan «muhabbat, baxt va hurlik ramzi bo‘lgan Humo qushi o‘rin olgan». Saroy 2018 yilning 31 dekabr kuniga qadar ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Rasmiy matbuot bo‘lajak muz saroyining ta'rifini ko‘klarga ko‘tararkan, bu saroy davlat byudjetiga qancha pulga tushishi ma'lum emas.

Umuman, har yili mamlakatda odamlar sovuq kunlarda gaz va elektr energiyasi yo‘qligidan jabr ko‘rayotgan paytda bunday ulkan muz saroyini qurishga ehtiyoj bormi?

Rassom Tuz o‘z rasmi orqali O‘zbekistondagi ayni vaziyatni shunday talqin qiladi:

Mirzieev: «Men dunyoda tengi bo‘lmagan muz qasri qurib beraman!»
Mamarayim: «Uyimdagi batareyalar muzlab yotibdiyu…»
Oysha xola: «Bundan ko‘ra, gazni ko‘paytirsa bo‘lmaydimi? Svetni o‘chirmasang o‘zimiz «figurali uchish» qilamiz».

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2017
20 sentyabr kuni Rossiya Havfsizlik Kengashi (SB) kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keldi va O‘zbekiston Havfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov ...
20 may 2023
Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ...
5 aprel 2019
Sizga omad tilayman, azizim. Oddiygina omad. Ko‘chada ketyapsiz, sizni mashina bosib ketmadi. Tasodifan o‘rmonda murdani ko‘rib qolib, politsiyaga xabar ...
23 noyabr 2017
1 noyabrdan boshlab poytaxt bozorlarida aholining birlamchi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarning eng yuqori narxlari o‘rnatildi. Toshkent ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...