Catira
2 mart 2017

O‘zbek delegatsiyasi Turkiyadan bir qop va'da bilan qaytdi

28-fevraldan 2-martgacha Istanbulda bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida sarmoyalar yotqizilishini va'da qilgan yakuniy memorandum imzolanishiga erishdi.

O‘zbek delegatsiyasi ishini kuzatgan Eltuz muxbiriga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya sarmoyadorlari o‘rtasidagi muzokaralar asosan O‘zbekistonda biznes yuritishga to‘g‘anoq bo‘ladigan jiddiy muammolar yechimini hal qilish yo‘nalishida bo‘lgan.

Bu muammollar ayniqsa O‘zbekistonda biznes yuritish kafolati va erkin valyuta konvertatsiyaning yo‘qligida ko‘rinadi.

Hozircha faqat va'dalar berildi

Ilgarigi tashriflardan farqli, rasmiy tantanalardan ko‘ra, o‘zbek tomonining turklardan sarmoya undirish niyati jiddiyroq bo‘lganini kuzatish mumkin.

Nomi sir saqlanishini so‘ragan Eltuz muxbiri gaplashgan turk mulozimiga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni erkin biznes kafolatni ta'minlash va sarmoyadorlarning o‘z ishlagan puli miqdorida valyutani olib chiqib ketishiga va'dalar bergan.

Yechimini kutayotgan yana bir muammo, O‘zbekistonning Turkiyaga nisbatan biryoqlama viza rejimi ekani ta'kidlandi muzokaralarda.

Turkiya bundan ancha ilgari bir tomonlama O‘zbekiston vatandoshlari uchun vizani bekor qilgan.

2016 yili O‘zbekistonga safar qilgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, o‘zbek raxbarlari ham ayni shunday ish tutishi va Turkiya vatandoshlari uchun vizani bekor qilishidan umidvor ekanini bildirgan edi.

Rustam Azimov Turkiya safari mobaynida keng miqyosni ko‘zlagan sarmoya bitimlari imzolashga astoydil harakat qildi.

Biroq, muxbirimizga ko‘ra, Turkiya tomoni faqat va'dalar bergan.

Bundan tashqari sarmoyalar yuzasidan alohida turk vakolatxonasini ochish taklifini kiritgan.

Hozircha faqat turli sohalar bo‘yicha yakuniy memorandum imzolangan.

Ehtiyot bo‘lishga sabab ko‘p

Turk sarmoyadorlari shartnomalarni imzolashga shoshilmayotganiga sabablar yetarli.

Masalan, uchrashuvga kelgan bir turk biznesmeni O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘qotgani, uning sakkizta fabrikasini yopishgani haqida bildirgan.

Boshqa bir reyderlikka oid voqea 2012 yili Turk biznesmeni Vohid Gunesh bilan sodir bo‘ldi.

O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlarda ayblangan Turk biznesmeni Vohid Guneshni o‘n oy davomida qamoqda saqlashgani, yolg‘on iqrorni imzolashga majburlab qiynashgani haqidagi faktlar Amnesty International xisobotlariga kirgan.

MXX mulozimlari uning oilasidan bir millionga yaqin AQSh dollari undirganidan so‘nggina Vohid Gunesh ozod qilingan edi.

Payshanba kuni Rustam Azimov boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi tashrifi yakuniga yetdi.

Ko‘rinadiki, Azimov prezidentdan qanday bo‘lmasin horijiy sarmoya topish yuzasidan qat'iy topshiriq olgan, biroq xohishning o‘zi yetarli emas.

Korruptsiya avj olgan, mustaqil sud tizimi, erkin konvertatsiya yo‘q bo‘lgan va biznesmenlarning kapitali shunchaki tortib olinishi mumkin mamlakatga yirik carmoya oqimi kelishiga ishonish qiyin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 noyabr 2017
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev 20 noyabr kuni ta'lim tizimi xodimlari bilan o‘tkazgan majlisida o‘qituvchilarga «oylik berishning yangi sharti»ni ...
20 aprel 2017
18-19 aprel kunlari Toshkent shahar hokimlarining yarmidan ko‘pi almashgani sabablarini tahlil qilgan Kun.uz nashri eng avvalo buni aholidan tushayotgan ...
27 fevral 2023
Salom qadrli muxlislar bugun 27 inchi fevral, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi 35-sonini taqdim etadi. +++Kaniza taxallusi bilan qo‘shiq ...
26 iyun 2020
O‘zbek prezidenti Moskvaga borib ta'zim bajo keltirdi. Toshkent va Xivani bosib olgan ishg‘olchilar ramzi bo‘lgan georgiy lattasini ko‘kragiga osdi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...