Catira
1 avgust 2017

Gulnora Karimovaning eng sodiq amaldori ham undan voz kechdi

O‘tgan yili o‘lgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan yelkama-elka FondForum tashkiloti tadbirlarida faol ishtirok etgan amaldorlardan biri 54 yashar Firdavs Abduxoliqov Karimova honimni fosh qiluvchi maqolani e'lon qildi.

Gulnora Karimovaning eng sodiq amaldori sifatida bilingan 54 yashar Abduxoliqov O‘zbekiston prokuraturasining Gulnora Karimovaga qarshi ochilgan jinoiy ishlar haqidagi habarnomasidan keyin undan voz kechgani diqqatga sazovordir.

Gulnora Karimovaning asosiy “media-haybarakallachisi” iqrori ortida nima muddao borligini faqat taxmin qilish mumkin.

Har holda Gulnora Karimova ortidan panjara ortiga tushmaslik, “Darakchi”, “STV” va “So‘g‘diyona” kabi nashrlar, Yevropadagi restoranlar dohil sarmoyalarni qanday qilib bo‘lsa ham saqlab qolish kabi “biznes-instinkt” bilan uning bu “sadoqatini” tushunish mumkin.

Abduxoliqov kim?

O‘rtada Gulnora Karimova va Firdavs Abduxoliqov, Podrobno.uz

Abduxoliqov 1992 yilda Rossiyaning TV-6 kanalini Samarqand viloyatiga retranslyatsiya qilish bilan shug‘ullanib, o‘ziga o‘zi “TV korchalon” degan ism qo‘ydi.

U ochgan STVning mustaqil matbuotga aloqasi bo‘lmasa ham AQShning taraqqiyot dasturi (USAID) doirasida “mustaqil jurnalist” maqomida AQSh telekanallarida tajriba almashishga yuborildi. Shuningdek, bu korchalon AQSh grantlari asosida ishlagan va 2005 yilda mamlakatdan haydalgan Internyus tashkiloti tarafidan muttasil parvarish qilindi.

Yana AQSh grantlari asosida tashkil qilingan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasini mavjud repressiya rejimiga hizmat qiladigan tizimga aylantirgan ham Abduxoliqov bo‘ladi.

Xalqaro radiolar, mustaqil jurnalistlarga qarshi bo‘xton ko‘rsatuvlar 2004 yildan beri Abduxoliqov boshqaruvidagi, mamlakatning 60dan ortiq axborot vositasini birlashtirgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tarafidan tarqatib kelindi.

Keyingi paytda Firdavs Abduxoliqov YuNYeSKO tashkilotining O‘zbekistondagi idorasi rahbari Lola Karimova Tillaeva tadbirlarida ko‘rina boshladi.

Rassom tuz bu holatni «sen bo‘lmasang Sanamjon» qabilida hajv qildi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 mart 2017
Aleksey Navalniyning ma'lumotlariga ko‘ra, Dmitriy Medvedevga aloqador jamg‘armalar hisobiga “kamida 70 milliard rus rubli hajmidagi mablag‘ va mulk o‘tkazilgan». ...
27 avgust 2018
Ko‘zimni ochsam, BMT anjumanida o‘tiribman. Oldimda O‘zbekiston bayrog‘i. Bo‘ynimga osilgan beydjikni aylantirib qarasam O‘zbekiston vakili emishman. Ammo o‘tmish bilan ...
17 oktyabr 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining ...
15 mart 2016
Buxoro viloyati davlat sanitariya va epidemiologiya markazi sertifikat berish bo‘limi mudiri Hoji Safarov pora bilan ushlandi. “Huquq” gazetasi xabariga ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...