O‘zbekistonda «Majburiy mehnatni taqiqlash»
Karikaturachi rassomlar dam olishda davom etarkan, Eltuz boti e'tiboringizga O‘zbekistonda bugun dolzarb eng eski karikaturani taqdim etadi.
2015 yilning 4 avgustida e'lon qilingan bu karikaturada O‘zbekistonda monitoring o‘tkazishga kelgan xalqaro kuzatuvchilar va jurnalistlarning aldanishi aks etgan.
O‘zbekiston hukumati Xalqaro Mehnat Tashkilotiga O‘zbekistonda majburiy mehnatning taqiqlanganligi haqida ma'lumotni o‘z ichiga olgan 40.000 nusxa varaqalar, shiorlar tayyorlash va tarqatish va'dasini bergan.
Astoydil qidirish natijasida Eltuz jurnalistlari bitta shunday risolani topishga muvaffaq bo‘ldi. Haqiqatan ham u yerda majburiy mehnat bizda taqiqlangani haqida yozilgan.
O‘zbek amaldorlarining ikkiyuzlamachiligi mutlaqo odatiy hol. O‘zbekistonda odamlar, huquq va qonunlar kimlar uchun yozilgan bo‘lmasin hargiz uning uchun emasligini anglagan tarzda dunyoga kelishadi va yashashadi. Hammasi juda oddiy. Faqat o‘z vaqtida kerakli tomonga qayrila bilish kerak.
Rassom Tuz
eltuz.com