Catira
8 sentyabr 2017

TVning asliga qaytishi – atavizmmi?

O‘tgan oyda MTRKda ro‘y bergan voqealar Bulgakovning «It yurak» qissasi qahramoni professor Preobrajenskiyning mashhur gapini eslatadi.

«Fan hali hayvonni odamga aylantirish yo‘lini bilmaydi. Ko‘rayapsizmi, men urinib ko‘rdim, u gapira boshladi, lekin ko‘p o‘tmay yana ibtidoiy holatiga qaytdi – atavizm!»

Alisher Xo‘jaevning raxbarlikka qaytishi bilan O‘zMTRKdagi o‘zgarishlar, jonli efirga chiqish harakatlariga barham berildi.

Eltuz nashri FB sahifasida izoh yozgan Ravshan Turdiev o‘zbek televideniesini qurigan darahtgan qiyosladi:

«Haqiqiy bog‘bon kelib, dorilab, jonlatirayotgan edi. Kuf-sufdan bo‘ldimi, Olloxdanmi, quridi. Bog‘bonning gapiga qaraganda, qurt tushgan, «odam» bo‘lmas emish. Kesib tashlab, boshqasini ekish kerak emish».

Shu yilning fevral oyida prezident Mirziyoev Alisher Xo‘jaevni ishdan olishi bilan Milliy teleradiokompaniyada sezilarli o‘zgarishlar boshlangandi.

Ammo so‘z erkinligiga o‘rganmagan O‘zbekistondagi hokimiyat tizimi mulozimlari jiddiy havotirga tushib qolishdi.

21 avgust kuni MTRK jurnalistlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripov Xalqaro press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jaev olib borayotgan jonli ko‘rsatuvlarni tanqid qilib, uni “haddidan oshib ketganlikda” aybladi.

23 avgustda esa «O‘zbekiston» telekanalidagi «Munosabat» ko‘rsatuvi ham jonli efir setkasidan olib qo‘yildi.

Bu kabi o‘zgarishlarni kadrlar almashuvida ham ko‘rish mumkin.

Avvaliga Alisher Xo‘jaev o‘rniga qo‘yilgan Hurshid Mirzohidov ishdan haydaldi.

2 avgust kuni esa Hurshid Mirzohidov ishdan olinib uning o‘rning Bobur Alixonov rais bo‘ldi.

Bir oy o‘tar o‘tmas, 29 avgust kuni Bobur Alixonov ishdan olindi va Alisher Xo‘jaev raislikka qo‘yildi.

Uning o‘rninga bo‘lgani aytilgan Xayrullo Nuriddinovning raxbarligi bor-yo‘g‘i uch kun davom etdi.

Shu bilan xalq jonli efirdan mosuvo bo‘ldi, o‘z muammolarini jamoatchilikka ochiq-oydin yetkazish imkoniyatidan mahrum etildi.

Atavizm holati yuz berdi – OAVni eski qolipga solish ilinjidagi kuchlar MTRKga qaytdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 sentyabr 2020
Professor Kristian Lasslett Sovet Ittifoqidan keyingi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yil sentyabr oyida vafot etgach, undan murakkab ...
18 iyul 2018
“Biz fermerlikning eng yaxshi davrlarini o‘tkazib qo‘ygan ekanmiz. Bu yilgi ahvolimiz shunday dalolat bermoqda”. Bu qashqadaryolik bir fermerning e'tirofi. ...
9 may 2017
Bu haqda mahalliy o‘zbek matbuotida ilgari yozilmasdi. Garchi O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi qator yillardan buyon O‘zbekistondagi majburiy mehnat tizimini ...
9 aprel 2015
Bugungi kunda ahborot qatlamida Rossiya amalga oshirayotgan ishlarni, nafratni qo‘zg‘ashdan boshqa narsa deya atab bo‘lmaydi, deydi jurnalist Qudrat Bobojonov.  ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...