Catira
19 sentyabr 2017

Milliy bog‘ning xususiy shirkatga berilishidan shaharliklar norozi

18 sentyabr kuni Toshkent markazidagi Navoiy nomidagi Milliy bog‘ni buzish va qurilishga hozirlash ishlari boshlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentyabr qaroriga ko‘ra, 2021 yilgacha u yerda ikkita «Amerika tepaliklari» attraktsioni, sun'iy suv inshooti va delfinariy tashkil qilinishi ko‘zlangan.

Sputnik nashri, jumladan O‘zbekiston Milliy bog‘i Stargate systems shirkatiga 49 yilga ijaraga berilishi, shirkat esa bu loyixaga 60 million dollar sarmoya yotqizishi haqida xabar qildi.

O‘z navbatida «Ozodlik» nashri ayni Stargate systems shirkati raxbari Jahongir Abidovich Artikxo‘jaev ekanini bildirdi.

Toshkentlik jurnalist Sergey Yejkovga tegishli «Uzmetronom» sayti esa, «O‘zbekiston DSQ raisi oilasiga taaluqli bo‘lgan shirkatga Toshkentning eng ko‘hna, «Komsomol ko‘li» (xashaki tilda – «Komsa») nomi bilan mashhur, Alisher Navoiy nomidagi bog‘ni keng miqyosda rekonstruktsiya qilish ishlari» topshirilganini yozdi.

Poytaxt markazidagi Milliy bog‘ning qaysidir shaxslar qo‘liga topshirilishi, u yerda «yuksak texnologik» maskan qurishi g‘oyasi, o‘zbek jamiyati noroziligini qo‘zg‘atdi.

Ikkita ijtimoiy guruh milliy bog‘ning tolon-taroj qilinishi va shahar ekologiyasiga zarar yetkazilishiga qarshi talabnomaga imzo yig‘a boshladi.

Xususan «Mehr va oqibat» jamoatchilik tashkilotini dengizlardan yiroq mamlakat poytaxti markaziga keltiriladigan delfinlar taqdiri tashvishlantirayotgan bo‘lsa, boshqa guruhni, Milliy bog‘da saqlangan so‘nggi yuz yillik daraxtlar qismati qayg‘uga solmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2018
Italiyaning Bari shahrida 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda «Eltuz» nashri direktori Umida Niyazovaga «Tinchlik muxbiri» (Reporter for ...
6 may 2022
Bugungi va'zni tez aytish bilan  boshlasam. «Oq choynakka oq qopqoq¸ ko‘k choynakka ko‘k qopqoq»… Matchon Suqilish: Tez aytish o‘rniga maymunlar ...
12 aprel 2015
Sizga aeroportda yoki o‘zbek chegarasining boshqa qismida deklaratsiyalar to‘ldirishga to‘g‘ri kelganmi? – deya savol beradi jurnalist Qudrat Bobojonov. To‘g‘ri, ...
5 yanvar 2022
Rassom Tuz
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...