Andijon valyuta qorabozorida 40 odam ushlandi
Andijon shahrida 26 sentyabr kuni kuchishlatar tizim xodimlari noqonuniy valyuta savdosi bo‘yicha reyd o‘tkazdi.
«O‘sha kuni kamida 40 ta odamni ushlab ketishdi», dedi «Eltuz» muxbiri suxbatlashgan qora bozor dalloli.
Reydda qo‘lga tushganganlarning oldi-sotti qilgan pullari tortib olinib, ustamasiga jarima ham solinmoqda.
«Ular sudga qatnab yurishibdi. Birinchi gal ushlanganlar eng kam ish haqining 3 baravarigacha, keyin ko‘proq jarima to‘laydi. Uchinchi bor qo‘lga tushsa qamalarkan» dedi «Eltuz» muxbiri suxbatdoshi.
Prezident Mirziyoevning 5 sentyabrdan valyutani erkin savdosini yo‘lga qo‘yish haqidagi farmonidan so‘ng, valyutafurushlarga qarshi reydlar kuchaydi.
Dollarning rasmiy kursi ikki barobar oshdi, ammo qorabozor faoliyati to‘xtagani yo‘q
«Qorabozor xamon ishlayapti. Chunki banklar naqd pud bermaydi», dedi 28 sentyabr kuni bozorda bo‘lgan «Eltuz» suhbatdoshi.
Uning bildirishicha, Andijon bozorida shu bugun dollar 8060 dan olinib 8120 so‘mga sotilmoqda.
Ayni paytda, Bosh vazir Abdulla Aripov 1 oktyabrdan chet el valyutasini naqd savdoga chiqishini bildirgan.
Rassom Tuz
Eltuz.com