Catira
11 oktyabr 2017

MXX jurnalistni bo‘g‘ish san'atini namoyish qild

Bobomurod ishi, no‘noq rejisser sahnalashtirgan, biroq chinakam jallodlar ishtirokidagi qonli teatrni eslatadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi sobiq mulozimi, hozirda Shveytsariyada yashayotgan siyosiy publitsist Alisher Taksanov, «o‘ta havfli jurnalist Bobomurod Abdullaevni qo‘lga olish guruhi bo‘yicha MXX tergov boshqarmasi «shtandartenfyureri» Nodir To‘raqulov boshchiligidagi» majlis muhokamasini o‘z blogida aks ettirdi.

"Xo‘sh, "Jatva" rejasiga muvofiq biz nimalarni o‘ylab topdik, demak, Bobomurod hukumat a'zolarini o‘ldirishni niyat qilgan, detallarini yozdinglarmi? - deydi To‘raqulov, "Delo №..." ga tikilgan qog‘ozlarni varaqlarkan.

Kimdir javob beradi:

- Ha, shef. Vazirlarning fotosuratlari, ministrlikka kirish sxemalari bor..."

- Yaxshi. Keling ko‘rib chiqamiz, jurnalist nima qilmoqchi bo‘lgan ekan... m-m-m... masalan, tashqi ishlar idorasi boshlig‘i Abdulaziz Komilovga nisbatan?

Untershturmfyurer kerakli qog‘ozni olib, matnni ko‘zdan kechira boshlaydi:

- E-e-e, Bobomurod uni ayollar trusigi "stringer" bilan bo‘g‘moqchi bo‘lgan.

Nodir, uni MXX ichkarisida "papasha Myuller" deb atashadi, hayron bo‘lib so‘raydi:

- Nimaga endi "stringer" bilan?

- Axir, biz, Bobomurodning manyak-sadist ekanini ko‘rsatmoqchimiz, u qiynoq va qotillikning eng iflos usullarini qo‘llashi kerak, - deya tushuntirish beradi hali bu ishlarda tajribasiz leytenant.

Yana kimdir:

- Yo‘q, bu unchalik iflos qiynoq emas. Mana men, masalan, qo‘lga olinganlarni, bir yildan beri kiyilgan va yuvilmagan sassiq paypog‘imni hidlashga majburlayman, darrov ish beradi. Odam, birpasda hammasiga iqrorlikka tayyor bo‘ladi, burni oldidagi paypoqni ko‘rmasa bo‘lgani...

To‘raqulov unga hayrat bilan tikilarkan, qoniqish bilan bosh irg‘aydi:

- Ha, azamat, yaxshi usul o‘ylab topibsan, paypoq - dahshatli kimyoviy qurol... Komilovning o‘limiga jahonning munosabati qanday bo‘lishi mumkin?

- Ou-u, - deydi bosh barmog‘ini ko‘tarib o‘ngda o‘tirgan mayor. - BMT Bosh kotibi shu zahoti iste'foga chiqariladi, BMT Havfsizlik Kengashi fojiani bir hafta muhokama qiladi. Tojikiston Qirg‘iziston bilan urush boshlaydi, chunki faqat Abdulaziz Hafizovich o‘z irodasi bilan ularni bundan ushlab turgan edi. Hatto Yangi Gvineya kanniballari odamlarnii ko‘proq yeb qo‘ya boshlashadi... Ishonamanki, hatto Rossiya bosh vaziri Medvedev qayg‘udan ayni shunday bilan trusik bilan o‘zini bo‘g‘ib o‘ldiradi...

- Ha, juda yaxshi prognoz, - qo‘shiladi "papasha Myuller".

Ular tag‘in, Bobomurod Abdullaev sodir qilishni "mo‘ljallagan" qotilliklar rejasini muhokama qilishadi. Taxmin qilinishicha, jurnalist ichki ishlar vazirini suvda qaynatishi, adliya vazirini esa - burda-burda qilib a'zolarini transplantatsiyaga topshirishni istagan. Shu yerda podpolkovnik to‘xtatadi:

- Ey, nima deyapsiz! Transplantatsiya - bizning biznes. Agar mentlar surishtirishni boshlasa, kalavaning uchi bizning idoraga boradi. Millionlab "ko‘kidan" foyda keladigan yashirin sindikatimizni aralashtirish kerak emas.

- Ha-ha, to‘g‘ri, - qo‘shiladi guruhning boshqa a'zolari. Shunday qilib, Bobomurod adliya vazirining burdalangan jasadini restoranlarga go‘shtga topshirishni ko‘zlagani ma'qul deb topishadi. Zotan, bu borada Buxorodagi Qoraevlar oilasining tajribasi ularga ma'lum.

Bobomurodning, jumladan mashhur jamoat arboblaridan, seksotligi bilan tanilgan bosh huquqbon Marat Zohidovni qulog‘idan osish rejasi borligi taklif qilinadi.

- Qanday dahshat, noinsoniylik - odamni qulog‘idan osish, - deydi, MXXda malaka oshirish payti, ikkita dindorning kallasini olgan leytenant bosh chayqab.

- Ehtimol, Zohidovning oyoqlariga boshqa bir huquq himoyachisi, aytaylik - Akmal Saidovni osmoqchi ekanini yozish kerakdir? - taklif qiladi yana kimdir, bu g‘oya ham qolganlarning ta'biga mos tushadi.

Uzoq muhokamadan so‘ng kimdir:

- Agar Bobomurod bularning hammasini qilishni rejalagan bo‘lsa, u holda, pardon, biz uchun u qimmatli kadr! Biz ahir bu ishlarning hammasini ichki yo‘riqnoma va maxfiy topshiriqlar doirasida bajarib kelayapmizku. Balki, uni SNBga ishga olarmiz? Bizga axir jallodlar kerak. Rejalaridan kelib chiqib, uning borgan turgani hazina!

Shu yerda hamma jim bo‘lib, o‘zlarini yo‘qotgancha bir-birlariga qarashadi.

Haqiqatan ham, jurnalist o‘z rejalari bilan hatto bu sohadagi eng tajribali chekistlardan ham o‘zib ketgan edi. Shu yerda To‘raqulov g‘azab bilan stolga uradi:

- Ahmoqlar! Axir u inqilobchi! Inqilobchilar esa normal odamlar bo‘lishadi. Bizda esa SNBda faqat idiotlar va shizofreniklar! Uning bizga kelishi mumkin emas!

- Ah, ha, bu aniq, - tag‘in ma'qullaydi guruh.

Shu bilan majlis yakunlanadi.

Alisher Taksanov
Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 yanvar 2019
O‘zbekistonda 2019 yilning 1 aprelidan  Vazirlar Mahkamasining 847-sonli qarori bilan mobil go‘shaklarini ro‘yxatga olish boshlanadi. Qarorga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilmagan telefonlarni ...
26 oktyabr 2023
Bundan 6 yil avval ya'ni, 2017 yilning 24 iyulida 60 yoshni qarshi olgan prezident Shavkat Mirziyoevning tug‘ilgan kuniga sovg‘a ...
12 may 2023
Bundan ikki yilcha oldin o‘zbek kinosi rahbarlaridan biri bilan gaplashganimda u mulozim «Stalinni – ulug‘ shaxs» deb aytgan edi. ...
5 iyun 2018
Prezident Mirziyoev 30 may kuni Toshkentda «Rosatom» atom energiyasi korporatsiyasi direktori Aleksey Lixachyov bilan uchrashuvida atom elektrostantsiyasini Navoiy viloyatida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...