Catira
12 oktyabr 2017

Mirziyoevning oligarx samolyotida uchishi – manfaatlar to‘qnashuvi

Prezident Mirziyoev 10 oktyabr kuni Sochida o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashi majlisiga yana milliarder Alisher Usmonovning samolyotida bordi.

O‘zbekiston prezidenti sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasi cafarida ham ayni samoletda uchgan edi.

10 oktyabr kuni Toshkentdan uchgan Usmonovning M-IABU raqamli samolyoti mahalliy vaqt bilan 17:12da Sochiga qo‘nganini Flightradar24 vebsayti qayd etgan.

So‘nggi ikki oy ichida prezident Mirziyoev davlat xizmati safarida ikkinchi bor Usmonovning samoletidan foydalanarkan, bu holni hukumat dohil nashrlar na inkor, na e'tirof etmayapti.

Jumladan, O‘zbekiston rasmiy telekanallari o‘z ko‘rsatuvlarida rus milliarderiga tegishli uchoqni ko‘rsatmaslikka intilmoqda.

Mirziyoev-Usmonovlarning oilaviy samoletimi bu?

Mirziyoevning begona samoletdan foydalanishiga sabab ko‘p bo‘lishi mumkin.

Kuzatuvchilar buni havfsizlik chorasi, o‘zbek prezidentining samoleti hali tayyor emasligi, shuningdek prezident va rus milliarderi o‘rtasida o‘zaro qarindoshlik aloqalariga yo‘yishadi.

Mirziyoev va Usmonovlar o‘rtasida qarindoshlik rishtalari bor. Usmonovning jiyani 2013 yili o‘limidan oldin Mirziyoev rafiqasining jiyaniga uylangan edi.

O‘rta Osiyo bo‘yicha ekspert Arkadiy Dubnovning Bi Bi Siga bergan intervyusiga ko‘ra, bu holdan ajablanmaslik kerak.

«Buni oilaviy samolet, deb hisoblang», – deydi u.

-O‘tish davrining o‘ziga hosligi ham shundadir, ya'ni Islom Karimovning progressiv-feodal rejimidan, Mirziyoevning progressiv-kapitalistik rejimiga o‘tilayapti, deydi ekspert.

Alisher Usmonov 27 sentyabr kuni Toshkentda megayulduzlpar ishtirokida katta to‘y berib, yana bir jiyanini uylantirgan edi. O‘shanda Mirziyoevning rafiqasi Ziroat bilan uning raqsga tushgani elga ovoza bo‘lgan edi.

Manfaatlar to‘qnashuvi

Londonlik tahlilchi Alisher Ilxomovning bildirishicha, rus oligarxining o‘zbek prezidentiga bunday «arzon bo‘lmagan xizmatni ko‘rsatishi» kuchli manfaatlar to‘qnashuvini anglatadi.

«Bunga u har qancha sabab ko‘rsatishi mumkin (o‘zining shamol oti hali tayyor emasligi, yoki O‘zbek havo yo‘llariga ishonmasligini aytib), biroq manfaatlar to‘qnashuvini izga solishdagi birlamchi qoida, bu haqda bayonot berishdir, ustiga ustak bu holatni senga hali ro‘kach qilmaslaridan turib», deya yozdi tahlilchi 12 oktyabr kuni o‘z feysbuk sahifasida.

Rossiya millarderining esa bugun O‘zbekistonda shaxsiy manfaatlari ozmuncha emas.

Jumladan, 19 may kuni prezident Mirziyoev, Rossiya milliarderiga katta imtiyozlar beruvchi Buxoroda erkin sayyohlik zonasini yaratish haqidagi qarorni imzolagan edi.

2980-sonli qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy banki mas'ul ushbu loyihaga ketadigan sarmoyaning katta qismi Alisher Usmonov ulushiga to‘g‘ri keladi.

Shu yilning aprelida esa Mirziyoevning Moskva safari chog‘i imzolangan 12 milliard dollarlik sarmoya bitimlarining ham kamida yarmi Usmonov nazoratidagi tizilmalarga ajratilishi aytiladi.

«Prezident bilan oligarx o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishda hech qanday shaffoflikning yo‘qligi, O‘zbekiston davlat ishlarini yuritishning zamonaviy tamoyillaridan hali ancha yiroqligini anglatadi.

Shuningdek bu, mamlakatda nafaqat korruptsiya uchun qulay muhit borligi, balki uning oliy darajada rag‘batlantirilayotganini bildiradi. Chunki, prezidentning shaxsan o‘zi, davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlarga aralashtirish muammo emasligini namoyish qilmoqda», deydi jumladan londonlik tahlilchi Alisher Ilhomov.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 mart 2023
Toshkent markazidagi muzeyda Rauf Parfi haykali tantanali ochilgani va Karimov davrida xor zor bo‘lgan Cho‘lpon portreti namoyish qilingani haqidagi ...
8 avgust 2018
«Bizdan oldin kelgan ikki etapning ham «lomka»si dahshatli bo‘lgan. Kaltakdan o‘lganlar, bir umrga mayib bo‘lganlar ham bo‘lgan ekan. Birinchi ...
10 noyabr 2018
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yildan to shu bugunchaga bu mamlakat hukumati chet elda boshiga ish tushgan birorta vatandoshini himoya ...
24 aprel 2020
O‘zbekistonda kechayotgan karantin va cheklovlar tufayli hammadan ko‘ra kunlik ishlab pul topadiganlar qiyin ahvolga tushib qoldi. Oila boqishga, qorin ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...