O‘zbek militsiyasi ijtimoiy tarmoqqa qarshi jangga otlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi internetdagi «ichki ishlar idoralari obro‘sini to‘kuvchi» ma'lumotlarni tunu kun aniqlaydi.
Buning uchun vazirlik tarkibida jamoatchilik aloqalari bilan shug‘ullanuvchi alohida boshqarma tashkil etiladi.
Boshqarma ichki ishlar idorasi faoliyatiga oid internetga qo‘yilgan materiallarning «maqsadga qanchalik muvofiqligi»ni aniqlash va ularga «munosabat bildirish» bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, boshqarma tarkibida ichki ishlar idoralariga oid «noto‘g‘ri» materiallarning internetda tarqalmasligiga mas'ul monitoring va media markazi ish olib boradi.
Mediamarkaz «fosh etuvchi, namunali» ko‘rsatuvlar, maqolalar va boshqa materiallar tayyorlaydi.
Boshqarma o‘z faoliyatida gazeta, vebsayt va teleko‘rsatuvlardan tashqari feysbuk, tvitter, telegram, vatsap kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.
Qarorda va unga ilova qilingan hujjatlarda «nomaqbul» deb topiladigan yoki «ichki ishlar idorasi obro‘sini to‘kuvchi» materiallar ta'rifi aniq keltirilmagan, biroq ularga qarshi ko‘riladigan tadbirlar miqyosi ancha kengaytirilgan.
Rassom Tuz
Eltuz.com