chorshanba,
18 dekabr 2024
4 dekabr 2017
Er xotiniga: «Fohishalik qilib, ko‘p pul topsang, mashinalik bo‘lamiz…»
Ko‘p pul ishlab, mashina va uy olish uchun xotinini fohishalikka undagan o‘zbekistonlik erkak jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda 30 noyabr kuni «Darakchi» gazetasi yozdi.
Gazetaga ko‘ra, er xotinini davolatish uchun Dubayga jo‘natgan. Keyin esa qarindoshlari orqali fohishalik qilishga majburlagan. Xotining yordam so‘rab qilgan telefoniga javoban u:
«Ko‘p pul ishlasang, uy, mashina olamiz», degan.
Gazetaning jumladan yozishicha, xotini «ishlab topgan» pullarga qarindoshlari hatto uning O‘zbekistondagi erini uylantirib ham qo‘yishgan.
Erkak va uning qarindoshlari Jinoyat kodeksining 135 va 123-moddasi bandlari bo‘yicha «odam savdosi»da ayblanishgan. Ularga 8 yillik qamoq jazosi tayinlangan.
Rassom Tuz
Eltuz.com