chorshanba,
13 noyabr 2024
13 dekabr 2017
O‘quvchilarga o‘tin solig‘i solindi
O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilariga darsxonalarni isitish uchun o‘tin solig‘i solinmoqda.
Jumladan, «Eltuz»ning Andijondan olgan xabariga ko‘ra, shahardagi 29-maktab o‘quvchilariga ko‘mir keltirish buyurilgan.
Ayni qish chillasida uylarni isitish muammoga aylangan. Maktab o‘quvchilarining ertalabdan maktabga o‘tin bilan kelishlari kerakligini aytarkan, andijonlik o‘quvchining otasi hasrat qiladi.
«Bir kilo ko‘mir 1700 so‘m. Bir kulta o‘tin 300 ming. Bechora bolachalar qahraton sovuqda o‘tinni qaerdan topadi? Bizning davrimizda hech bo‘lmasa o‘tin-ko‘mir bemalol edi».
Rassom Tuz
Eltuz.com