chorshanba,
18 dekabr 2024
1 fevral 2018
Narxlar kiyikday tez yugurmoqda, oyliklar toshbaqa
Toshkentda 14 fevraldan sovuq suv uchun tariflar oshishi bildirildi. «Suvsoz» idorasi xabariga ko‘ra, yangi narxlar poytaxt hokimligi tomonidan 29 yanvar kuni tasdiqlangan.
Aholi uchun 1 kub metr sovuq suv narxi 190 so‘mdan 195 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari esa 155 so‘mdan 162 so‘mga qimmatlaydi.
Sovuq suv tarifi 6 oy avval oshirilgan edi. Rassom Dumham bu holatni hajv qilib surat chizdi.
Hali kelishi noma'lum suv, gaz va elektrga oldindan yuz foiz haq to‘lash, rassom nazarida, «emagan somsaga pul to‘lash» kabidir.
Rassom Dumham
Eltuz.com