Catira
2 mart 2018

«Prezident qarori uchun yuzta otamiz!»

Prezident Mirziyoevning 28 fevralda chiqargan «vinochilikni rivojlantirish» haqidagi qarori ortidan respublika nashrlari birin-ketin bu mavzuni tashviq qila boshlashdi.

«Xalq so‘zi» 1 mart kuni «O‘zbekistonda sharob reklamasiga qo‘yilgan cheklovlar qayta ko‘rib chiqiladi» sarlavhali maqola chop etdi.

Karimov davrida, 2010 yili butunlay taqiqlangan «sharob reklamasi» yuzasidan takliflar endilikda Mirziyoev qarori bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan bo‘ldi.

O‘zA axborot agentligi va yana ko‘plab nashrlar esa 2018 yildan O‘zbekistonda vino festivali o‘tkazilishi haqida xabarlar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, bu yildan boshlab har yili O‘zbekistonda vino festivali va xalqaro degustatsiya tanlovi o‘tkaziladigan bo‘ldi.

«O‘zbekiston ovozi» va «Norma.o‘z» nashrlari ham prezidentning «Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga sharhlar e'lon qilishdi.

Bu nashrlar boshlab bergan poygaga rassom Tuz ham qo‘shildi.

U prezident qarori bosilgan gazetalardan zavq olib, vino ichayotgan o‘zbek rasmini chizdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 mart 2017
Mart oyi boshidan qora bozordagi dollar narxining 7500-7700 so‘mgacha ko‘tarilishini o‘zbekistonliklar vahima bilan kuzatishdi. So‘mning cho‘kish sababini ayrimlar, 10 ...
10 oktyabr 2018
O‘zbekiston madaniyat jamg‘armasi va Frantsiyadagi Luvr muzeyi o‘rtasida 9 oktyabr kuni o‘zaro memorandum imzolandi. Madaniyat vazirligi saytida bildirilishicha,  ushbu ...
31 yanvar 2024
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida  fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini Firibgarlik yo‘li ...
15 mart 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...