8 mart arafasida Toshkentda gul qimmatladi
Odatda donasi 10 ming so‘m turadigan atirgul narxi 7 mart kuni Toshkentda 60 mingga chiqdi.
Bir dona orxideya guli chorshanba kuni Toshkentda 50 dollardan sotildi.
Masalan, Minsk va Ashxobodda bu gullarning narxi bir dollar ham oshmadi.
Yevropaning ko‘pgina davlatlarida ham gulning narxi o‘zgargani yo‘q.
Masalan, internet orqali gul hadya qiluvchi Eurofloist saytida bir dona atirgul pochta orqali jo‘natish narxi bilan doimgidek 12 dollardan turibdi.
Qahraton qish davom etayotgan Shvetsiyaning gul do‘konlarida ham gul narxlari bir kron ham oshgani yo‘q. Masalan, 50 shved kroniga (6-7 dollar atrofida) butun boshli guldasta xarid qilish mumkin.
Rassom Dumham O‘zbekistonda an'anaviy nishonlanadigan xotin-qizlar bayrami – 8 mart arafasidagi o‘zbek erkaklari kayfiyatini aks ettiradi.
Rassom Dumham
Eltuz.com