Catira
9 mart 2018

Prokurorlar qamaldi, qochgan MXXchilar ushlandi

O‘tgan o‘n besh kun ichida O‘zbekistonda Rashid Qodirovning hibsga olinishi ortidan prokuratura tizimidagi korruptsioner amaldorlarning birin-ketin ushlanishi kuzatildi.

Jumladan, 6 mart kuni MXXning terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasi sobiq boshlig‘i 42 yoshli Abdurashid Mirzaev qochib ketayotgan payti aeroportda ushlandi.

Bundan ilgari Abdurashidning otasi, Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari 68 yoshli Mirag‘lam Mirzaevga jinoyat ishi ochilgandi.

Abdurashidning onasi, Yunusobod tumani advokatlar hay'ati rahbari Muhabbat Hasanova ham ushbu jinoyat ishi yuzasidan tergov qilinayotgani haqida xabarlar ochiqlangandi.

Shuningdek, «Eltuz» nashri hibsga olinib, IIV yerto‘lasida tergov qilinayotgan Toshkentdagi «Infinbank» rahbari 43 yoshli Farhod Mamajonov ishi tafsilotlarini ham o‘rgandi.

Unga tegishli bankdan sobiq Bosh prokurorning ko‘p millionli korruptsiya pullari Dubay va Latviya orqali Shveytsariya banklariga o‘tkazib kelingan.

Ayni yirik korruptsion sxema tepasida turgan sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirovning o‘g‘li 39 yoshli Alisher Qodirov O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvga berilgan.

«Eltuz» tasarrufidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida faoliyat yuritayotgan va bir martalik shpritslar hamda boshqa dori-darmonlar ishlab chiqaradigan “Asia Trade” shirkati muassisi hozir qamoqda qolayotgan Rashid Qodirovning qidiruvga berilgan o‘g‘li Alisher Qodirovdir.

Sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov, «Eltuz» nashri ilk bor xabar berganidek, 22 fevral kuni hibsga olingan edi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston kuchishlatar tizimidagi bir guruh korruptsionerlarning ushlanishini rassom Dumham o‘zining yangi karikaturasida aks ettirdi.

Rassom Dumham
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 aprel 2019
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining manzil koloniyasi jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor ...
30 dekabr 2022
Oxirgi 20 yilda (2003-2022) 1668 jurnalist o‘ldirilgan. Bu yiliga o‘rtacha 80 kishi degani. Faoliyati tufayli halok bo‘lgan jurnalistlar soni ...
16 dekabr 2020
11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Tadbirda YeOIIga ...
1 iyul 2022
Nukusdagi norozi guruh ko‘chaga odam olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Buni 1 iyul kuni telegram sahifasida bir qadar yoritdik. Eltuz ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...