Catira
19 mart 2018

Mirziyoev yuradigan yo‘lni supurgan o‘qituvchi «KamAZ» tagida qoldi

Prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik o‘qituvchi, 23 yoshli Diana Yenikeeva 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida qolib halok bo‘ldi.

O‘sha kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilarining yo‘l tozalayotgani aks etgan suratlar va ayrim hujjatlar «Eltuz» nashriga kelib tushdi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi raddiyasi

Bu surat va hujjatlarda o‘qituvchilarning surunkali majburiy mexnatga jalb qilingani o‘z isbotini topadi.

Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi Diananing majburiy mehnat qurboni bo‘lganini rad etdi.

«O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari, jumladan, Diana Yenikeeva ham hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», deyiladi 18 mart sanasi yozilgan va “Eltuz” nashrida nusxasi mavjud bo‘lgan raddiyada.

Biroq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari M.Muzaffarov va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Saidov imzolagan hujjatning keyingi abzatslaridayoq «hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», degan gap inkor etiladi.

«Shahar-tumanlar markazi, mahallalar, guzarlardagi xiyobonlar, ko‘chalar atrofi va ariqlar chetlari tozalanishi, daraxt va gul ko‘chatlari ekilishi bor gap», deya uqtiriladi hujjatda.

Hokimlikning bildirishiga ko‘ra, bu holat «mamlakatda mart-aprel oylari obodonlashtirish oyligi, deb e'lon qilingani ham «Tozalik bor joyda, baraka bor» naqlining amaliy ifodasidir».

O‘zbekiston prezidentining viloyatlarga tashrifidan oldin mahalliy hokimliklarning “xo‘ja-ko‘rsin” tadbirlari va supurib sidirishlarga, asosan, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari jalb qilinmoqda.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 may 2016
19 may kuni 21 yashar Dushanba turg‘uni Davron Qurbonov shaharning 103-nchi mitti mavzesida taqiqlangan “Islomiy Davlat”ning qora bayrog‘ini osganlikda ...
17 noyabr 2020
Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘raevning o‘z qo‘li ostidagilarni so‘kishlari aks etgan audio 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ...
30 yanvar 2017
Andijon viloyat hokimligi qaroriga ko‘ra, 1 fevraldan boshlab shaharda “Damas” rusumidagi avtomashinalar yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanmaydi. Viloyat hokimi ...
23 oktyabr 2023
22 oktyabr kuni Uzbek forum rahbari Umida Niyozovaning onasi Sojida Jalolova 78 yoshida  olamdan o‘tdi. Marhuma Sojida Jamolova Sharqiy ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...