Catira
21 mart 2018

Mirziyoev 110 ta tovuq boqadi

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning tovuqlarni nega sevishi 20 mart kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumaniga borganida aniq bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmati tarqatgan videoda Shavkat Mirziyoev bosh vazir bo‘lganida ham, hozir ham tovuq boqishini aytgan.

«Mana, mening 110 ta tovug‘im bor. Har kuni qishin-yozin 50 tadan tuxum keladi. Qishloqqa tuxum yuboraman, qishloqdan qatiq bilan go‘sht keladi, bor tovog‘im, kel tovog‘im…», deydi prezident o‘zining oddiy odamlardek yashashiga urg‘u berib.

Shuningdek, har yakshanba kuni Mirziyoev bola-chaqasi va kuyovlari bilan tovuqxonani tozalashi haqida gapirdi.

«Prezident bo‘lsang ham shox chiqmaydi. Har kuni mehnat qilishi kerak odam!» dedi Mirziyoev.

O‘zbekiston prezidenti bo‘lib saylanganidan bir oy o‘tib, 2017 yilning 14 yanvar kuni hukumat yig‘ilishida Shavkat Mirziyoev «qishloqdagi kam ta'minlangan har bir oila 100 ta tovuq boqsin, kam ta'minlangan oila bo‘lmaydi», degan formulani o‘rtaga tashlagan edi.

Buning ortidan matbuotda tovuqlarga qasida ko‘paydi hamda Vazirlar Mahkamasi tovuqchilikni rivojlantirishga kirishib ketdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 fevral kuni e'lon qilingan hujjatida 4 million 200 ming oilaga tovuq boqish uchun kredit ajratish, qishloq aholisiga 85 ming jo‘ja yetkazib berish rejaga kiritilgani aytilgan edi.

2017 yilning mart oyida «Eltuz» kreditga olingan tovuqlarnining bir qismi o‘lgani, qolgani esa qaytarib berilayotgani haqida yozgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 dekabr 2016
Telegramda tarqalgan videoda Toshkentning TTZ bozorida kallai saharlab tuxum olish uchun navbatda turgan tumonot odamni ko‘rish mumkin. Izoxlarga ko‘ra, ...
11 may 2023
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. Ayni hujjat asosida yarim ...
15 aprel 2018
Negadir bugun ishongim keldi shu odamning gaplariga. Ayniqsa, ko‘cha tozalayotib yuk mashinasi ostida o‘lgan o‘qituvchi Diana haqida «Xuddi meni ...
29 avgust 2016
O‘zbekiston tarixida ilk bora Vazirlar mahkamasi mamlakat rahbarining sog‘ligi haqida chiqargan bayonot ortidan O‘zbeknavo litsenziyasi bilan faoliyat yuritayotgan artistlardan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...