Catira
5 aprel 2018

O‘zbek madonnasi kelajagi yo‘q bolasini o‘ldirdi

O‘zining uch yashar o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirib, daraxtlar ostiga tashlab ketgan andijonlik Saidaxon Tillavoldieva 3 aprel kuni Toshkentda hibsga olindi.

Ijtimoiy tarmoq faollari keyingi yillarda avj olgan voqeadan shokda ekanliklarini yozishmoqda.

«O‘z bolasini sotish, tanasiga o‘nlab nina sanchish, bo‘g‘ib o‘ldirish, muzlatib o‘ldirib, axlatxonaga tashlab ketish millat fojeasiga aylandi!

Qonunchilik palatasi, Senat tirikmi?! Nega tegishli qaror, qonunlar qabul qilishmaydi? Ona, bola «priyutlari» ochilsa bo‘lmaydimi?! Biz oqibat bilan emas, sabablar bilan ishlashimiz kerak», deya izohlaydi voqeani o‘zbekistonlik faol Mirza Anvar.

Mahalliy telekanalning «Zamon» axborot ko‘rsatuviga intervyu bergan Tilavoldieva Toshkentda ish topishiga xalaqit bergani uchun bolasini bo‘g‘ib o‘ldirishga majbur bo‘lganini aytadi.

«Baribir bola ko‘chada xor bo‘lib o‘lardi. O‘ldirganimdan keyin bag‘rimga bosib o‘tirdim, kechirim so‘radim», deydi Tilavoldieva.

Eridan ajragan Tillavoldieva 23 martgacha otasining uyida yashagan. Keyin uyidagilar bilan janjallashib, o‘g‘li Firdavsni olib Toshkentga ishlagani ketgan.

Bolasi bilan poytaxtdan ish topa olmagan ayol o‘g‘lini tanishinikida qoldirish uchun Uchko‘prik tumaniga kelgan. Uni topolmagach, bolasini Qo‘qon-Toshkent avtobus bekatida o‘ldirib, jasadni archalar tagiga yashirganini aytadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2021
Rassom Elsevar
22 mart 2023
Salom qadrli muxlislar bugun 21 inchi mart, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami nishonlanmoqda. Bugun ...
21 sentyabr 2018
“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda ...
17 mart 2020
2017 yilning 17 mart kuni O‘zbekistonga 1983 yildan 1988 yilgacha rahbar bo‘lgan Inomjon Buzrukxo‘jaevich Usmonxo‘jaev 87 yoshida vafot etdi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...