Catira
30 aprel 2018

Mirziyoev «Istiqlol»ni qaytadan «Xalqlar do‘stligi»ga aylantirdi

Prezident Mirziyoev 26 aprel kungi yig‘ilishida Toshkent markazidagi «Istiqlol» san'at saroyi va metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomini qaytarish qarorini bildirdi.

Prezident, shuningdek, urushda evakuatsiya qilingan bolalarni asrab olgan Shomahmudovlar oilasiga o‘rnatilgan sovet yodgorligini ham joyiga ko‘chirdi.

Tahlilchi Anvar Nazir bu voqea yuzadan fikr bildirib, «Istiqlol» nomi bugunga kelib olib tashlanishining ramziy ahamiyati haqida gapirdi.

«O‘zbekistonning ikkinchi prezidenti osongina, hattoki rasmiy izoh keltirmay, «Istiqlol» so‘zini sovetcha, mafkuraviy atamaga, «Xalqlar do‘stligiga» almashtirmoqda», deya yozdi u feysbukda qoldirgan izohida.

U, shuningdek, shu istiqlol tufayli Shavkat Mirziyoevning BMT a'zosi bo‘lgan mustaqil bir mamlakatning rahbari bo‘lgani, dunyoning eng nufuzli minbarlaridan turib dunyo oldida ma'ruzalar qilayotgani, dunyo mamlakatlari rahbarlari bilan tengma-teng muzokaralar olib borayotganini misol keltiradi.

«O‘zbekiston istagan hukumati, istagan iqtisodiy siyosatini o‘zi tanlashi mumkin. U o‘zining yetarli harbiy kuchlariga, armiyasiga ega. Nahotki shularning hammasi, barcha imtiyozlar Shavkat Mirziyoevga og‘irlik qilayotgan bo‘lsa? Yoki orzu boshqa narsadami, boshqa rahbarga bo‘ysunib ishlashmi? Ishonish qiyin…», deya hasrat qiladi Anvar Nazir.

Rassom Tuz «Istiqlol» nomini tarix axlatiga uloqtirayotgan prezident rasmini chizdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 may 2019
Malika Sobirova 1942 yilning 22 mayida o‘zbek naychisi Abdurahim Sobirov va osetiyalik shifokor Madina opa oilasida tug‘ilib, yoshligidan nafosatga ...
25 avgust 2016
Rio de Janeyroda o‘tgan bu yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbek sportchilari O‘zbekiston tarixida eng ko‘p medal qozonishdi. Rio Yozgi ...
11 yanvar 2021
Surxondaryoda hayvonot bog‘i xodimlari kiyik go‘shtini Yangi yil dasturxoniga tortmoqchi bo‘lishgani borasidagi ayblovlarni Termiz shahri prokuraturasi o‘rganmoqda.  Prokuratura “Eltuz” ...
24 avgust 2023
O‘qishga kira olmagan abiturientlar, ularni tuzukroq o‘qita olmayotgan o‘qituvchilar, tabiiy gaz o‘g‘rilari va qo‘shnining parnigida ekilgan nasha… Salom qadrli ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...