Catira
16 may 2018

Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan ilk jurnalist bo‘ldimi?

«Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida ilk bor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘ldi», deb yozmoqda O‘zbekiston rasmiy matbuoti.

“Amerika ovozi” jurnalisti Navbahor Imomova O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilganligini tabriklagan holda «Eltuz» nashri 1992 yildan 2005 yilgacha «Amerika Ovozi» va «Ozodlik» radiosining yigirmadan ortiq jurnalisti mamlakatda akreditatsiyadan o‘tib ishlaganini ta'kidlaydi.

AQSh Kongressi moliyalaydigan «Ozodlik» muxbiri, hozirda marhum Tohir Umarov 1991 yili Islom Karimovning prezident maqomidagi ilk chet el safari bo‘lgan Turkiyaga tashrifini joyidan turib yoritganida Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan edi.

«O‘zbekiston TIVdan AQShga qarashli matbuotning eng uzoq akkreditatsiya olib ishlagan jurnalisti men edim. Mendan boshqa «Ozodlik» jurnalisti bir yildan ortiq akkreditatsiya olmagan. Men salkam besh yil akkreditatsiya bilan ishlaganman. Akkreditatsiya bilan ishlagan yillarim nafaqaga chiqishimda hujjat bo‘ldi», dedi «Ozodlik» radiosi sobiq jurnalistlaridan biri Rahmatjon Qo‘ldoshev.

Furqat Yakvalxo‘jaev¸ Azizullo Orol, Gulchehra Nurillaeva singari qator jurnalistlar ham o‘z davrida AQSh OAV vakili sifatida akkreditatsiya olib ishlashgan edi. Bundan tashqari, matbuotga ko‘maklashuvchi «Internyus» tarmog‘i jurnalistlaridan bo‘lgan Kris Gering akkreditatsiyadan o‘tgan ilk jurnalistlardan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 yanvar 2019
Marhum prezident Islom Karimovning suyangani uni salkam payg‘ambar o‘rnida ko‘rgan yoshlar va qariyalar edi. U bir parcha non uchun ...
26 noyabr 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Sochi kalta olingan, pastki labi oldga turtib chiqqan, o‘zi sariqdan kelgan baquvvat jussali bu kishining tund ...
5 sentyabr 2023
Ellikqal'alik 44 yashar erkakning yosh bir qizaloqni to‘rtinchi sinfdan boshlab 13 yoshiga qadar zo‘rlab kelgani haqida eltuz va polis ...
25 oktyabr 2017
23 oktyabr kuni «Eltuz» nashrining mobil muxbiri jo‘natgan fotosuratda supurgi ko‘targan maktab formasidagi bir guruh maktab o‘quvchilarini ko‘rish mumkin. ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...